Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > 21-23-sentyabr kunlari Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida II “Hunarmandchilik festivali” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan

21-23-sentyabr kunlari Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida II “Hunarmandchilik festivali” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan

Joriy yilning 21-23-sentyabr kunlari Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida II “Hunarmandchilik festivali” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. “Hunarmand” uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasiga a’zo bo‘lgan usta hunarmandlaridan 60 nafar ishtirok etishi belgilangan. Yuqoridagi festivalga tayyorgarlik ko‘rish va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish maqsadida, joriy yilning 9-sentyabr kuni “Hunarmand” uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i raxbarligida tadbirda ishtirok etadigan 60 nafar usta hunarmandlar…

Joriy yilning 21-23-sentyabr kunlari Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida II “Hunarmandchilik festivali” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. “Hunarmand” uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasiga a’zo bo‘lgan usta hunarmandlaridan 60 nafar ishtirok etishi belgilangan.

Yuqoridagi festivalga tayyorgarlik ko‘rish va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish maqsadida, joriy yilning 9-sentyabr kuni “Hunarmand” uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i raxbarligida tadbirda ishtirok etadigan 60 nafar usta hunarmandlar bilan davra suxbati tashkil etildi. Davra suxbatida usta hunarmandlar qilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilandi. Usta hunarmandlar tomonidan juda xam qiziqarli takliflar bildirildi.

Author: Uyushma axborot xizmati