Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > 30-may kuni 11 nafar oʻzbekistonlik hunarmandlarning nufuzli “Homo Faber Guide” roʻyxatiga kiritilishiga bagʻishlangan rasmiy tadbir boʻlib oʻtdi

30-may kuni 11 nafar oʻzbekistonlik hunarmandlarning nufuzli “Homo Faber Guide” roʻyxatiga kiritilishiga bagʻishlangan rasmiy tadbir boʻlib oʻtdi

“Homo Faber Guide” qaydnomasi qo‘l mehnati bilan tayyorlangan hunarmandchilikni tarannum etadi. Mikelanjelo jamg‘armasi tomonidan yaratilgan onlayn maydoncha hunarmandlar, atelyelar, sanoat korxonalari, muzey, galereyalarni izlab topish imkonini beradi. Shuningdek, Yevropa va uning sarhadlaridan tashqarida mohir kosibchilikning hozirgi zamondagi rivoji bilan bog‘liq tajribani taqdim etadi. Platforma hunarmandchilik jonbozlari, sara to‘plamlar shaydolari, sohaning nozik didli zarshunoslari, havasmand sayohatchilar…

“Homo Faber Guide” qaydnomasi qo‘l mehnati bilan tayyorlangan hunarmandchilikni tarannum etadi. Mikelanjelo jamg‘armasi tomonidan yaratilgan onlayn maydoncha hunarmandlar, atelyelar, sanoat korxonalari, muzey, galereyalarni izlab topish imkonini beradi. Shuningdek, Yevropa va uning sarhadlaridan tashqarida mohir kosibchilikning hozirgi zamondagi rivoji bilan bog‘liq tajribani taqdim etadi.

Platforma hunarmandchilik jonbozlari, sara to‘plamlar shaydolari, sohaning nozik didli zarshunoslari, havasmand sayohatchilar va takomiliga yetgan san’at namunalarini yaratuvchi dizaynerlarni birlashtiradi. Ayni paytda portalda shisha damgarlaridan tortib niqob yasovchilargacha, qog‘oz haykaltaroshlaridan to kumush ustalarigacha bo‘lgan 2200 dan ortiq iste’dodli hunarmandlar va ularning betakror asarlari taqdim etilgan.

Sayyohlik yo‘llanmasiga kulol Akbar Rahimov, zardo‘zlik san’ati ustasi Nodir Rasulov, kulolchilik ustasi Abdulvohid Buxoriy, so‘zana ustasi Madina Qosimboyeva, zarb etuvchi, mis ustasi Jo‘rabek Sidiqov, yog‘och o‘ymakorligi ustasi Odamboy Masharipov, rangtasvir miniatyurasi rassomi va qadimiy kitoblar restavratori Davlat Toshev, usta kosib Hasan Umarov, ipak gazlamalari ustasi Nurmahammad Valiyev, gilamdo‘zlik ustasi Sabina Burxonova va “Meros” qog‘oz fabrikasi hunarmandlari kiritilganlar. Shu kabi tashabbuslar sharofati bilan an’anaviy o‘zbek hunarmandchiligi insoniyat madaniy merosidan munosib o‘rin egallashga haqlidir.

Author: Uyushma axborot xizmati