Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Namangan kasb-hunarga o‘qitish markazida 280 nafar fuqarolarni  o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan

Namangan kasb-hunarga o‘qitish markazida 280 nafar fuqarolarni  o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan

Namangan tumanidagi “Olaxamak” MFYda joylashgan Namangan kasb-hunarga o‘qitish markazida ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida 17 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 280 nafar fuqarolarni  o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Shu kunlarda Namangan viloyatida ijtimoiy-ma’naviy yo‘nalishlar, mahalla yettiligi faoliyati tajribasini o‘rganayotgan Respublika Ishchi…

Namangan tumanidagi “Olaxamak” MFYda joylashgan Namangan kasb-hunarga o‘qitish markazida ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida 17 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 280 nafar fuqarolarni  o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Shu kunlarda Namangan viloyatida ijtimoiy-ma’naviy yo‘nalishlar, mahalla yettiligi faoliyati tajribasini o‘rganayotgan Respublika Ishchi guruhi mazkur “Monomarkaz”da bo‘ldi. Dastlab, Ishchi guruhi MFY yettiligi bilan suhbatlashib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ma’lumot uchun: Namangan kasb-hunarga o‘qitish markazida rekonstruksiyadan keyin zamonaviy sharoitlar yaratilib, ayni paytda tumandagi aksariyat mahallalar bilan hamkorlikda ishsiz aholi bandligini ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati