Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Namangan shahar markazidagi “Mulla Qirg‘iz” madaniy meros ob’yekti milliy hunarmandchilik markaziga aylantiriladi

Namangan shahar markazidagi “Mulla Qirg‘iz” madaniy meros ob’yekti milliy hunarmandchilik markaziga aylantiriladi

Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev “Chorsu” bozori hududidagi madaniy meros ob’yekti hisoblangan “Mulla qirg‘iz” madrasasida bo‘ldi. Ushbu madaniy meros ob’yekti faoliyati bilan yaqindan tanishgan shahar hokimi, maskan turizm maskani bo‘lishi kerakligi, tashqarisidagi savdolarni tartibga keltirib, atrofini ochish, obodonlashtirish kerakligini ta’kidladi. Shunday yodgorlikni asrab avaylash va bu yerni milliy hunarmandchilik markaziga aylantirish kerakligi, unda temirchilik, naqqoshlik,…

Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev “Chorsu” bozori hududidagi madaniy meros ob’yekti hisoblangan “Mulla qirg‘iz” madrasasida bo‘ldi. Ushbu madaniy meros ob’yekti faoliyati bilan yaqindan tanishgan shahar hokimi, maskan turizm maskani bo‘lishi kerakligi, tashqarisidagi savdolarni tartibga keltirib, atrofini ochish, obodonlashtirish kerakligini ta’kidladi.

Shunday yodgorlikni asrab avaylash va bu yerni milliy hunarmandchilik markaziga aylantirish kerakligi, unda temirchilik, naqqoshlik, kashtachilik, zargarlik, beshikchilik kabi hunarmandlar faoliyatini yo‘lga qo‘ysak keyin turistlar uchun yanada qiziqish uyg‘otishini bildirdi.

Author: Uyushma axborot xizmati