Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Xotira – muqaddas, qadr – aziz” nomli kechaga taklif etamiz

“Xotira – muqaddas, qadr – aziz” nomli kechaga taklif etamiz

Hurmatli yurtdoshlar, poytaxtimiz mehmonlari! Sizlarni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joriy yil 8-may kuni soat 18:00da Respublika “Hunarmand” uyushmasida adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, sozgar usta-hunarmand To‘xtamurod Zufarov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Xotira – muqaddas, qadr – aziz” nomli kechaga taklif etamiz. Ushbu tadbirda To‘xtamurod Zufarovning mamlakatimiz madaniy-ma’rifiy, adabiy hayotiga qo‘shgan hissasi yoritilib,…

Hurmatli yurtdoshlar, poytaxtimiz mehmonlari!

Sizlarni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joriy yil 8-may kuni soat 18:00da Respublika “Hunarmand” uyushmasida adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, sozgar usta-hunarmand To‘xtamurod Zufarov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Xotira – muqaddas, qadr – aziz” nomli kechaga taklif etamiz.

Ushbu tadbirda To‘xtamurod Zufarovning mamlakatimiz madaniy-ma’rifiy, adabiy hayotiga qo‘shgan hissasi yoritilib, usta-hunarmand ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etiladi.
Kechada adabiyotshunos olimlar, xalq sevgan aktyorlar, sozgar usta-hunarmandlar, hunarmandning oila a’zolari va shogirdlari tomonidan xalq amaliy san’ati ustasi To‘xtamurod Zufarov faoliyati xotirlanadi.

Manzil: 🌆Dombirabod 74

Author: Uyushma axborot xizmati