Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Vazirning tumanimizga tashrifi

Vazirning tumanimizga tashrifi

Bugun Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, Prezident Administrasiyasi madaniyat va san’atni rivojlantirish shoʻbasi mudiri Nodirbek Sayfullayev boshchiligidagi delegasiya Rishton tumanida bo‘lib, tumanimizning turistik salohiyati bilan tanishishdi. Delagasiya a’zolari dastlab “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasi qoshidagi kulolchilik muzeyida bo‘lishib, u yerdagi Rishton kulolchilik mahsulotlari va turistlarni jalb qilish bo‘yicha loyihalar va takliflar bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarning…

Bugun Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, Prezident Administrasiyasi madaniyat va san’atni rivojlantirish shoʻbasi mudiri Nodirbek Sayfullayev boshchiligidagi delegasiya Rishton tumanida bo‘lib, tumanimizning turistik salohiyati bilan tanishishdi.

Delagasiya a’zolari dastlab “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasi qoshidagi kulolchilik muzeyida bo‘lishib, u yerdagi Rishton kulolchilik mahsulotlari va turistlarni jalb qilish bo‘yicha loyihalar va takliflar bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarning keyingi manzili Oq yer MFY hududida joylashgan tadbirkor Islomjon Orifjonov tomonidan barpo etilayotgan “Chinor plyus 2020”  majmuasi bo‘ldi.

Author: Uyushma axborot xizmati