Namangan viloyati Norin tumanida 1 va 3-sektor hududidagi kasb-hunar maktablarida bandligi ta’minlanmagan ishsiz fuqarolar yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatga olingan, tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolar uchun “Tadbirkorlik asoslari va biznesni boshlash” mavzusida seminar trening olib borildi. O‘quv jarayonida ishtirok etayotgan Adliya boshqarmasi, Davlat aktivlarini boshqarish elektron savdolarini tashkil etish agentligi, Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi, viloyat…
Namangan viloyati Norin tumanida 1 va 3-sektor hududidagi kasb-hunar maktablarida bandligi ta’minlanmagan ishsiz fuqarolar yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatga olingan, tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolar uchun “Tadbirkorlik asoslari va biznesni boshlash” mavzusida seminar trening olib borildi.
O‘quv jarayonida ishtirok etayotgan Adliya boshqarmasi, Davlat aktivlarini boshqarish elektron savdolarini tashkil etish agentligi, Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi, viloyat Savdo sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi vakillari va mas’ul xodimlari tomonidan tadbikorlikni tashkil etish, biznes rejalashtirish, yosh tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, e-auksion.uz da ishtirok etish tartiblari, hunarmandchilik faoliyat turlari va belgilangan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot va tushunchalar berib o‘tildi.