Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmandchilik dolzarb soha

Hunarmandchilik dolzarb soha

Mamlakatimizda hunarmandchilikni rivojlantirishda davlatimiz rahbarining 2023 yil 12 iyundagi “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Mirzacho‘l tumanida ham kuni kecha, “Mirzadala” SHFY hududidagi Mirzacho‘l Agrosanoat texnikumi bo‘sh binosida tashkil etilgan Hunarmandchilik markazida tumanning Mustaqillik, Gʻalaba, Do‘stlik, Bog‘bon, Mirzadala, Yerjar, Yangidala va…

Mamlakatimizda hunarmandchilikni rivojlantirishda davlatimiz rahbarining 2023 yil 12 iyundagi “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Mirzacho‘l tumanida ham kuni kecha, “Mirzadala” SHFY hududidagi Mirzacho‘l Agrosanoat texnikumi bo‘sh binosida tashkil etilgan Hunarmandchilik markazida tumanning Mustaqillik, Gʻalaba, Do‘stlik, Bog‘bon, Mirzadala, Yerjar, Yangidala va Ipak yo‘li mahallalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkor va hunarmandlar amaliy ishlari ko‘zdan kechirilib, taklif va muammolari o‘rganildi.

Zero, ushbu sohaga qaratilayotgan katta e’tibor kelgusida tumanimizda ham milliy hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, ustoz-shogird an’analarini davom ettirish, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda aholining yashash sharoitini yaxshilashga xizmat qilishi shubhasizdir.

Author: Uyushma axborot xizmati