Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > An’analarni davom ettirayotgan usta hunarmand

An’analarni davom ettirayotgan usta hunarmand

So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlari qatori Xo‘jayli tumanida ham hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Tumanda asosan, yog‘ochsozlik, metall hamda tunukadan mahsulotlar yasash, gilam to‘qish, kashtachilik, milliy liboslar tikish ancha takomillashmoqda. Shu kunga qadar tuman bo‘yicha jami 260 nafar fuqaro “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan. Shu bilan birga, tijorat banklarining imtiyozli mablag‘i evaziga 110 taga…

So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlari qatori Xo‘jayli tumanida ham hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Tumanda asosan, yog‘ochsozlik, metall hamda tunukadan mahsulotlar yasash, gilam to‘qish, kashtachilik, milliy liboslar tikish ancha takomillashmoqda.

Shu kunga qadar tuman bo‘yicha jami 260 nafar fuqaro “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan. Shu bilan birga, tijorat banklarining imtiyozli mablag‘i evaziga 110 taga yaqin loyiha amalga oshirilgan.

– Qoraqalpoq xalqining o‘tmishidan so‘zlovchi qora uy (o‘tov) yasash bilan shug‘ullanaman, – deydi 62 yoshli usta hunarmand Fayzulla Nazarboyev. – Ko‘plab shogirdlarim bor. Ajdodlarimizdan meros bu hunarni yoshlarga ham o‘rgatib, an’analar davomiyligiga hissa qo‘shayotganimdan mamnunman.

Fayzulla Nazarboyev mamlakatimizda o‘tkaziladigan nufuzli festivallarda doim ishtirok etib keladi. Hunarmandning ism va familiyasi  “Xalq amaliy san’ati  ustalarining milliy katalogi”ga kiritilgan. Usta qora uydan tashqari, eshik, deraza, beshik, darvoza  kabi  yog‘och mahsulotlarini ham mahorat bilan yasaydi.

O‘zA fotomuxbiri
Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar.

https://uza.uz/oz/posts/ananalarni-davom-ettirayotgan-usta-hunarmand_343514

Author: Uyushma axborot xizmati