"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Ta’limning poydevori hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimiga davlat tomonidan tizimli e’tibor hamda amaliy yordam berilmoqda

Ta’limning poydevori hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimiga davlat tomonidan tizimli e’tibor hamda amaliy yordam berilmoqda

Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga aylangan.  Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, shu asnoda bolaning intellektual shaxsini shakllantirish, ularni yoshlikdan hunarga jalb etish, iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani…

Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga aylangan.

 Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, shu asnoda bolaning intellektual shaxsini shakllantirish, ularni yoshlikdan hunarga jalb etish, iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani sohadagi izchil islohotlarning natijasidir. 

Bolajonlarimizni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etsak,  ular qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘lib boradi.

Respublika “Hunarmand” uyushmasi  farzandlarimizning  ilk yoshlaridanoq hunarga jalb etilishi , hunarmandchilikka bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish maqsadida  usta-hunarmandlar tomonidan mahorat darslari tashkil etib, ularni qobiliyat va iste’dodlarini shakllantirishda  alohida e’tibor qaratadi.

Joriy yilning 4 mart kuni Toshkent shahridaga Uchtepa tumanidagi  592- DMTT tarbiyalanuvchilarini  Navro‘z etnografik bog‘ida tashkil etilgan hunarmandlar ustaxonalariga  tashrifi uyushtirildi.

[bvi]