"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

10 dekabr (1992 yil) O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun. Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan. Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla…

10 dekabr (1992 yil) O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun.
Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan. Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan.

Abdulla Oripov so‘zi
Mutal Burhonov musiqasi

Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqarot:

Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng O‘zbekning O‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

Naqarot:

Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Uyushma Axborot xizmati

[bvi]