Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Farg’ona vodiysida ayollar va yoshlar o’rtasidagi kreativ biznes-loyihalar akselerasiya dasturining boshlanishi va dasturga ishtirokchilar qabuli haqida E’LON

Farg’ona vodiysida ayollar va yoshlar o’rtasidagi kreativ biznes-loyihalar akselerasiya dasturining boshlanishi va dasturga ishtirokchilar qabuli haqida E’LON

Hurmatli Farg‘ona vodiysi  hunarmadlari! O‘zbekiston  Respublikasi  kambag‘allikni  qisqartirish  va  bandlik  vazirligi  hamda  BMT  Taraqqiyot Dasturi  hamkorligidagi  “Farg‘ona  vodiysida  axoli  ko‘nikmalarini  pandemiyadan  keyingi  iqtisodiyotga moslashtirish” loyihasi doirasida tashkil qilinayotgan  “Farg‘ona vodiysida ayollar va yoshlar orasida turizm, ipakchilik,  xalq  xunarmandchiligi,  qishloq  xo‘jaligi  va  qishloq  xo‘jaligi  maxsulotlarini  qayta  ishlash sohalaridagi kreativ biznes-loyihalar akselerasiya dasturi”ga ishtirokchilar qabuli boshlanganligini e’lon…

Hurmatli Farg‘ona vodiysi  hunarmadlari!

O‘zbekiston  Respublikasi  kambag‘allikni  qisqartirish  va  bandlik  vazirligi  hamda  BMT  Taraqqiyot Dasturi  hamkorligidagi  “Farg‘ona  vodiysida  axoli  ko‘nikmalarini  pandemiyadan  keyingi  iqtisodiyotga moslashtirish” loyihasi doirasida tashkil qilinayotgan  “Farg‘ona vodiysida ayollar va yoshlar orasida turizm, ipakchilik,  xalq  xunarmandchiligi,  qishloq  xo‘jaligi  va  qishloq  xo‘jaligi  maxsulotlarini  qayta  ishlash sohalaridagi kreativ biznes-loyihalar akselerasiya dasturi”ga ishtirokchilar qabuli boshlanganligini e’lon qilamiz!

Dasturning  asosiy  maqsadi    yuqoridagi  soxalardagi  kreativ  biznes-loyihalarni  ularning tashabbuskorlarini  maxsus  akselerasiya  dasturi  vositasida  tadbirkorlik  bo‘yicha  bilim  va  ko‘nikmalarini oshirish  orqali  qo‘llab-quvvatlashdan  iborat  bo‘lib,  qariyb  3  oy  mobaynida  amalga  oshiriladi.  Jumladan, mazkur o‘quv dasturlarida quyidagi mavzular qamrab olinadi:

  • Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlarini oshirish;
  • Biznesda moliyaviy savodxonlikni oshirish;
  • Tovarlar eksportini tashkil etish;
  • Biznesni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish;
  • Biznesni rejalashtirish va biznes-reja ishlab chiqish va boshqalar;

Dastur davomida xar bir ishtirokchi o‘zi tomonidan taklif etilayotgan kreativ biznes g‘oyasini  amalga oshirish bo‘yicha biznes-loyihasini ishlab chiqadi.  Dastur jarayonida Farg‘ona vodiysining xar bir viloyatidan (Farg‘ona, Andijon  va  Namangan  viloyatlari)  5  tagacha  eng  yaxshi  biznes-loyihalar  maxsus  tanlov  komissiyasi  tomonidan tanlab olinadi. Tanlab olingan loyihalarning xar biriga qo‘shma loyiha tomonidan 75 (yetmishn besh) million so‘mgacha miqdorda texnik yordam (grant) ajratiladi.

E’lon (pdf)
Ariza shakli (docx)

2023 yilning 8-avgustidan 27-avgustigacha  bo‘lgan muddat oralig‘ida bakhtiyorjon.toshtemirov@undp.org  elektron pochta manziliga  yuborish talab  etiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati