Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Sohir qalam moʻjizasi” III Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazma konferensiyasida ishtirok eting

“Sohir qalam moʻjizasi” III Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazma konferensiyasida ishtirok eting

“Sohir qalam moʻjizasi” III Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi va“Xattotlik san’atining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok eting! 2023 yilning 11-18 fevral kunlari Toshkent Fotosuratlar uyida “Sohir qalam moʻjizasi” Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi va unda Buxoro miniatyura maktabi taqdimoti xam o‘tkaziladi. Ko‘rgazma doirasida 11 fevral kuni soat 10.30 da “Xattotlik san’atining…

“Sohir qalam moʻjizasi” III Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi va“Xattotlik san’atining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok eting!

2023 yilning 11-18 fevral kunlari Toshkent Fotosuratlar uyida “Sohir qalam moʻjizasi” Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi va unda Buxoro miniatyura maktabi taqdimoti xam o‘tkaziladi. Ko‘rgazma doirasida 11 fevral kuni soat 10.30 da “Xattotlik san’atining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Tadbir mamlakatimizda xattotlik va miniatyura san’atini rivojlantirish maqsadida “Hunarmand” uyushmasi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Tadbirda turli vazirlik va idoralar, diplomatik korpuslar va elchixonalar xodimlari, nufuzli mehmonlar, oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari, hunarmandlar ishtirok etadilar.
Ko‘rgazmada yurtimizning turli chekkalaridan tashrif buyurgan mohir xattotlar va amaliy san’at ustalari bo‘lgan hunarmandlarmizning eng sara asarlari, ijodiy ishlari namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.
Konferensiyada soha mutaxassislari, olimlar, xattotlar va san’atshunoslar bugungi kunda yaratilayotgan milliy hunarmandchilik mahsulotlarida xattotlik san’ati namunalarini xatosiz ishlatish, mamlakatimizda ziyorat turizmining rivojlanishida hunarmandlar tomonidan  tayyorlanayotgan sovg‘abop mahsulotlarda xattotlik san’atini ishlatilishi va kelajak avlodlarga hunarmandchilikni usta-shogird an’anasi asosida qoldirish haqida so‘z yuritadilar.

Ilmiy-amaliy konferensiya gibrid shaklida o‘tkazilib, bunda onlayn shaklida ham hududlardan soha mutaxassislari, san’atshunoslar va hunarmandlar, xattotlar  qatnashishlari mumkin. Shuningdek, ko‘rgazma ishtirokchilari hunarmandlar tomonidan mahorat darslarini kuzatish va bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Sohir qalam moʻjizasi” Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasining ochilish marosimi hamda “Xattotlik san’atining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya Respublika “Hunarmand” uyushmasining ijtimoiy tarmoqlari orqali onlayn e’tiboringizga havola etiladi.
Tadbirlarda onlayn ishtirok etib, savollaringizni berishingiz mumkin.

☎️Batafsil ma’lumot uchun: +99871 279-80-88,

Telegram |💬Faсebook |📹You tube |📸Instagram |🔍Web

Author: Uyushma axborot xizmati