Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > 31 yanvar – Xalqaro zargarlar kuni

31 yanvar – Xalqaro zargarlar kuni

ZARGARLIK — badiiy hunarmandlik soxasi; oltin, kumush, mis, qalay kabi rangli metallardan zebziynat buyumlari (taqinchoqlar), bezak buyumlari yasash kasbi.  Zargarlar bezak buyumlari tayyorlashda quyish, bolg‘alab (zarb berib) yasash, hallash (oltin va kumush suvi yuritish), o‘yib yoki bo‘rttirib naqsh yasash, bosma, zig‘irak, sovotkori, qolipaki, shabaka kabi usullardan keng foydalanadi. Qimmatbaho toshlar (gavhar, feruza, dur, hasik va…

ZARGARLIK — badiiy hunarmandlik soxasi; oltin, kumush, mis, qalay kabi rangli metallardan zebziynat buyumlari (taqinchoqlar), bezak buyumlari yasash kasbi.  Zargarlar bezak buyumlari tayyorlashda quyish, bolg‘alab (zarb berib) yasash, hallash (oltin va kumush suvi yuritish), o‘yib yoki bo‘rttirib naqsh yasash, bosma, zig‘irak, sovotkori, qolipaki, shabaka kabi usullardan keng foydalanadi.

Qimmatbaho toshlar (gavhar, feruza, dur, hasik va b.)ga ishlov berib, Zargarlik buyumlari (bargak, bibishak, bilaguzuk, bozuband, bozgardon, boldok, buloqi, bo‘yintumor, gajak, duotuzi, jevak, jig‘a, zarkokil, zebigar  31 yanvar – butun dunyoda  Xalqaro zargarlar kunini o‘z ishining ustalari, bizning hayotimizni chiroyli qiladigan insonlar o‘zlarining  kasb bayramlarini nishonlaydilar. Zargarlik juda qadimiy kasblardan biri hisoblanadi, chunki insonlar azaldan o‘zlariga zeb berishni yoqtirishgan. Birinchi taqinchoqlar oddiy va jo‘n xomashyolardan tayyorlangan. Masalan: chig‘anoqlardan, hayvonlar tishlaridan va qimmatbaho toshlardan munchoq shodalari tayyorlangan. Eng qimmatbaho taqinchoqlarni qabila boshliqlari taqishgan.

Zargarlik san’atining vatani Qadimgi Yunoniston hisoblanadi. Rangli metal va toshlardan tayyorlangan birinchi zargarlik buyumlari Yunonistonda yaratilgan. Qadimgi ustalarning tayyorlagan buyumlari o‘zlarining go‘zalligi va betakrorligi bilan hozir ham insonlarni hayratga solmoqda.  Buyumlarni yasashda ustalar rangli toshlardan, durlardan va qahrabo(yantar)lardan foydalanishgan. Mayda durlarni kiyim-kechaklarning ustiki qismini bezashda ishlatishgan.

Zargarlikning yangi usul va uslublari vujudga kelgan. O‘zbekiston Respublikasining ko‘pgina muzeylarida saklanayotgan topilmalar respublika hududida (Yunon Baqtriya podsholigi, milloddan avvalgi 3—2asr ; Qadimiy Xorazm, asosan, milloddan avvalgi 1ming yillik o‘rtalaridan mil. 8a. gacha) 3argarlik rivoj topganini ko‘rsatadi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Qo‘qon, Shahrisabz va boshqa shaharlarda 3argarlik rivojlangan. 19asr oxiri 20asr boshida o‘ziga xos ishlanishi, shakli, bezaklari, xususiyatlari bilan birbiridan farq qilgan xilmaxil 3argarlik buyumlari keng tarqalgan, ziynat buyumlari to‘plamlari vujudga kelgan.

Author: Uyushma axborot xizmati