"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekistonning kuch-qudrati millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikdadir

O‘zbekistonning kuch-qudrati millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikdadir

Joriy yilning 12 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanoy tumanida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi bo‘limi boshlig‘i Chori Shodiyev, uyushmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshliq o‘rinbosari Sanobar Madaminova bilan birgalikda tumanda yashayotgan turli millatlarga mansub hunarmandlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda tashkil qilinadigan to‘garak-ustaxonalarga jalb qilinadiganlar sonini keskin oshirgan holda, kasbga o‘rgatish orqali aholi bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish masalalariga…

Joriy yilning 12 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanoy tumanida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi bo‘limi boshlig‘i Chori Shodiyev, uyushmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshliq o‘rinbosari Sanobar Madaminova bilan birgalikda tumanda yashayotgan turli millatlarga mansub hunarmandlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda tashkil qilinadigan to‘garak-ustaxonalarga jalb qilinadiganlar sonini keskin oshirgan holda, kasbga o‘rgatish orqali aholi bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish masalalariga e’tibor qaratdi.

Uchrashuvda turkman, qozoq millatiga mansub xunarmandlar bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat jarayonida mahalalarda ishsiz va band bo‘lmagan aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni hunarmandchilikni yo‘lga qo‘yish orqali o‘zini o‘zi band qilishga chaqirish, sohaga berilayotgan imtiyozlar va sharoitlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.Uyushma bo‘lim boshlig‘i Chori Shodiyev shumanoylik xunarmand Altinoy Naubetovani “Hunarmand” uyushmasi nomidan davlat mukofoti bilan taqdirlanganligi munosabati bilan tabriklash maqsadida hunarmand bilan uchrashdi. Uchrashuv o‘quv markazida bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, yosh hunarmand Sh.Yusupbayevaning tikuv syexiga usta-shogird an’analari asosida qizlarga hunar o‘rgatib kelmoqda, yosh hunarmand bilan uchrashib suhbatlashildi.

Uyushma Axborot xizmati