Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Uchtepa tumanidagi hunarmandlar murojaatlari e’tiborda

Uchtepa tumanidagi hunarmandlar murojaatlari e’tiborda

2022 yilning 1 dekabr kuni “Kun.uz”  internet sayti ijtimoiy tarmoqlar orqali “Hunarmandlar va investor o‘rtasida nizo. Kim haq?”- degan mazmundagi videomaterial e’lon qilindi. Videomaterialda Toshkent shahar Uchtepa tumanida qurilishi rejalashtirilgan hunarmandlar markazi o‘rniga ko‘p qavatli uy qurilayotgani aytilgan. Qurilishi belgilangan 4 qavatli bino o‘rniga 9 qavatli bino qurilayotgani, hunarmandlar uchun sharoit qilinmayotgani, bu holatdan hunarmandlar…

2022 yilning 1 dekabr kuni “Kun.uz”  internet sayti ijtimoiy tarmoqlar orqali “Hunarmandlar va investor o‘rtasida nizo. Kim haq?”- degan mazmundagi videomaterial e’lon qilindi.

Videomaterialda Toshkent shahar Uchtepa tumanida qurilishi rejalashtirilgan hunarmandlar markazi o‘rniga ko‘p qavatli uy qurilayotgani aytilgan. Qurilishi belgilangan 4 qavatli bino o‘rniga 9 qavatli bino qurilayotgani, hunarmandlar uchun sharoit qilinmayotgani, bu holatdan hunarmandlar norozi ekani ta’kidlangan. Ushbu videomaterialda qilingan murojaat Respublika “Hunarmand” uyushmasi rahbari topshirig‘iga asosan zudlik bilan mas’ul vakillardan iborat ishchi guruhi tuzilib, joriy yilning 2 dekabr kuni ishchi guruhi a’zolari murojaatni joyiga borib o‘rganildi, hunarmandlar bilan yana bir bor suhbatlashildi. Shu o‘rinda aytish kerakki, mazkur masala yuzasidan joriy yilning iyul oyida “Hunarmand” uyushmasi raisi U.Abdullayev Uchtepa tumanida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar ustaxonalariga borib, hunarmandlar bilan uchrashgandi, ular bilan suhbatlashib, murojaatlarini, muammolarini tinglab o‘rgangan edi. 2022 yil 5 avgust kuni “Hunarmand” uyushmasi vakolati doirasida 01-05/1092-son xat bilan Uchtepa tumant hokimligi va Toshkent shahar hokimligiga ushbu masala yuzasidan murojaat qilgan. Xatda Toshkent shahrida hunarmandchilikni yanada rivojlantirish maqsadida bir guruh hunarmandlar uchun Uchtepa tumani Foziltepa ko‘chasi 178-uy manzilda “Hunarmandlar markazi”barpo etish uchun Toshkent shahar hokimining qaroriga muvofiq 1,5 gektar yer uchastkasini “Turon Meros” ma’sulyati cheklangan jamiyatiga ajratib berilganligi, shunga asosan investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganligi va “Turon Meros” ma’sulyati cheklangan jamiyati ta’sischilari hamda hunarmandlar o‘rtasida ko‘plab zidddiyatlar kelib chiqqayotganligi bayon etilgan va Uchtepa tumani Foziltepa ko‘chasi 178-uy manzilda qurilayotgan “Hunarmandlar markazi”ning qurilish ishlarini nazoratga olinishi so‘ralgan. Shuningdek, “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi 2022 yilning 3 yanvar kuni Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga “Turon Meros” MCHJ tomonidan qurilayotgan “Hunarmandlar markazi”ni  haqiqatdan ham loyiha-xujjatlari asosida qurilayotganligiga aniqlik kiritishda amaliy yordam so‘rab TSH-01-02-26-sonli xat bilan murojaat etgan. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasi 2022 yil 14 fevral kuni 02-08-05/176 sonli javob xatida Uchtepa tumani, Foziltepa ko‘chasi, 178-uy manzilida “Hunarmandlar markazi” qurish eskiz loyihasi jo‘natilagan bo‘lib, jo‘natilgan eskiz loyihada ko‘p qavatli turar-joy binosi loyihasi ko‘rsatilganligi sababli, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2022 yil 20 yanvardagi 44658487-sonli ariza raqami bilan rad etilganligi bildirgan.“Hunarmand” uyushmasi tomonidan hunarmandlarning murojaatlari e’tiborda. Uchtepa tumani Foziltepa ko‘chasi 178-uy manzilda qurilayotgan “Hunarmandlar markazi”ning qurilishi borasida o‘z vakolat doirasida tegishli tashkilotlarga murojaat etadi.

“Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati