Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Qundiz Qurbanova «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi» III Respublika tanlovida o‘z innovasion loyihasi bilan g‘olib bo‘lib diplom bilan taqdirlandi va Koreya davlatida qatnashish uchun sertifikatga ega bo‘ldi

Qundiz Qurbanova «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi» III Respublika tanlovida o‘z innovasion loyihasi bilan g‘olib bo‘lib diplom bilan taqdirlandi va Koreya davlatida qatnashish uchun sertifikatga ega bo‘ldi

Koraqalpog‘iston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi Chimboy tumani a’zosi «Novdalardan buyumlar to‘qish» faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Qundiz Qurbanova «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi» III Respublika tanlovida o‘z innovasion loyihasi bilan g‘olib bo‘lib diplom bilan taqdirlandi va Koreya davlatida qatnashish uchun sertifikatga ega bo‘ldi . Uning yaratgan loyihasi qora uy bezaklaridan bo‘lgan Jezshiy to‘qishning stanoksiz…

Koraqalpog‘iston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi Chimboy tumani a’zosi «Novdalardan buyumlar to‘qish» faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Qundiz Qurbanova «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi» III Respublika tanlovida o‘z innovasion loyihasi bilan g‘olib bo‘lib diplom bilan taqdirlandi va Koreya davlatida qatnashish uchun sertifikatga ega bo‘ldi . Uning yaratgan loyihasi qora uy bezaklaridan bo‘lgan Jezshiy to‘qishning stanoksiz usulini yaratganligi.

Qoraqalpoq xalqi azaldan to‘qimachilik va hunarmandchilik bilan uzluksiz shug‘ullanib kelgan. Bunda xotin-qizlar bor mahoratini, qobilyatini, chevarligini shu kasbga bag‘ishlagan.

Aynan qamishdan har xil shiylar to‘qishda maxsus stanoklarning mukammalligi, alohida joy va mavsum tanlaganligi tufayli unut bo‘lgan hunar turi edi. Qundiz Qurbanova shu hunarni o‘rganish va qayta tiklashga ancha qiynalgani uchun yangicha uslub kashfiyot qildi.

Qorakalpok xalqida so‘ngi davrlarda jezshiy to‘qiydigan faqat sanoqli ustalargina qolgan. Bunga sabab unga maxsus «Kozak» nomli stanok, «Auruk» nomli toshlarining topilishi qiyin va og‘irligi, kamishga donalab ip o‘rab unga naqsh berishda mashshaqatli ish bo‘lgani uchun bitta jezshiyning to‘qilishiga oylab, yillab vaqt sarflanishidir. Bu hunar turi bilan shug‘ullanish ancha past darajani ko‘rsatib keldi, fakat sanoqli momolarimiz qoldi.

Milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga qaratilgan davrdan boshlab kashtachilik namunalari, yangicha quroq turlari va jezshiyning yangicha uslubini yaratib hunarmandchilikning yo‘qolib borayotgan turlarini qayta tiklashga erishdi.

– Yangi uslubda 3 yil davomida o‘quvchilarga hunarimni o‘rgatib kelmoqdaman, -deydi  Qundiz Qurbanova. Uning qulayligi, maxsus stanoklarsiz oson to‘qilishi, o‘rganish osonligi qo‘l kelmoqda. Shuningdek, naqshlarni oson chiqarishga qulayligi bilan farq qiladi. Bu hunar turi bilan shug‘ullanishni xoxlovchi yosh qizlar sonining oshib kelayotgani, o‘zlari uyda, maktabda qiynalmasdan to‘qib o‘rganishi va uni davom ettirayotgani ko‘zni quvontiradi.

Author: Uyushma axborot xizmati