Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > 2022-yilda hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha «YOʻL XARITASI»ning 36-bandida

2022-yilda hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha «YOʻL XARITASI»ning 36-bandida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabr kuni “Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ilovasi 2022-yilda hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha
«YOʻL XARITASI»ning 36-bandida

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqal’a tumanidagi «Jaloliddin Manguberdi istirohat bogʻi» hududida doʻppi, gilam, kigiz toʻqish, teridan poʻstak, choʻgirma, yogʻoch oʻymakorlik buyumlarini tayyorlashga ixtisoslashgan «Hunarmandlar shaharchasi»ni tashkil etib, uni turistik marshrutga kiritish, belgilangan.

Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʻbek Abdullayev, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Jaxongir Mamajanovlar Ellikqal’a tumanidagi Hunarmandchilik markazining qurilish ishlari bilan tanishib, tashabbuskor hunarmandlarga tegishli tavsiyalar berdilar.

Shuningdek, Hokim yordamchilari bilan uchrashib, hunarmandchilik yoʻnalishidagi loyihalar haqida tushuntirib oʻtildi

Author: Uyushma axborot xizmati