Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Marg‘ilonda “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali bo‘lib o‘tadi

Marg‘ilonda “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali bo‘lib o‘tadi

Joriy yil 20-22 oktyabr kunlari Marg‘ilonda “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali bo‘lib o‘tadi. Farg‘ona viloyati hokimligi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan ushbu festival Marg‘ilon ipakchiligining dovrug‘ini dunyoga tanitishda, hunar va san’atga mehri baland insonlarning o‘zaro fikr va tajriba almashishida muhim o‘rin tutishi bilan…

Joriy yil 20-22 oktyabr kunlari Marg‘ilonda “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali bo‘lib o‘tadi.

Farg‘ona viloyati hokimligi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan ushbu festival Marg‘ilon ipakchiligining dovrug‘ini dunyoga tanitishda, hunar va san’atga mehri baland insonlarning o‘zaro fikr va tajriba almashishida muhim o‘rin tutishi bilan ahamiyatlidir.

23-24 sentyabr kunlari YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi boshchiligidagi taniqli mutaxassislar va ekspertlardan iborat delegasiya Farg‘ona viloyatiga keladi.

Tashrif davomida festivalni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu festivalda Marg‘ilonga Butunjahon hunarmandlar kengashi qarori bilan Hunarmandlar shahri maqomi berilishi kutilmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati