Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Barcha fuqarolarimiz kabi men ham bu muhim jarayonlarni diqqat bilan kuzatib boryapman

“Barcha fuqarolarimiz kabi men ham bu muhim jarayonlarni diqqat bilan kuzatib boryapman

Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Barcha fuqarolarimiz kabi men ham bu muhim jarayonlarni diqqat bilan kuzatib boryapman. Aholimiz, jamoatchiligimiz vakillarining konstitusiyaviy islohotlarga befarq bo‘lmasdan, o‘z taklif va mulohazalari bilan faol qatnashayotgani barchamizni quvontiradi.  Albatta, konstitusiyaviy islohotlarimiz Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir.  Shu bois, bugun siz, hurmatli komissiya a’zolari bilan bevosita uchrashib,…

Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“Barcha fuqarolarimiz kabi men ham bu muhim jarayonlarni diqqat bilan kuzatib boryapman. Aholimiz, jamoatchiligimiz vakillarining konstitusiyaviy islohotlarga befarq bo‘lmasdan, o‘z taklif va mulohazalari bilan faol qatnashayotgani barchamizni quvontiradi. 

Albatta, konstitusiyaviy islohotlarimiz Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. 

Shu bois, bugun siz, hurmatli komissiya a’zolari bilan bevosita uchrashib, fikr almashishni zarur, deb hisobladim.

Biz Konstitusiyani takomillashtirish bo‘yicha yangi va juda mas’uliyatli bosqichga qadam qo‘ymoqdamiz. 

Bugungi kun holatiga ko‘ra, Komissiyaga fuqarolarimizdan 48 ming 492 ta taklif kelib tushgani ham konstitusiyaviy islohotlar ob’yektiv hayotiy zarurat sifatida kun tartibiga chiqayotganini yaqqol namoyon etmoqda. 

Konstitusiyaviy komissiya tomonidan tayyorlangan takliflar chuqur muhokamadan o‘tkazildi va hozirda Qonunchilik palatasiga kiritish bosqichida. Endi qonun, reglament asosida muhokamalardan o‘tkaziladi”.

Author: Uyushma axborot xizmati