Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Farg‘ona “Saxovat” internat uyidagi nogironligi bor erkaklar uchun kulolchilik ustaxonasi tashkil etilmoqda

Farg‘ona “Saxovat” internat uyidagi nogironligi bor erkaklar uchun kulolchilik ustaxonasi tashkil etilmoqda

Farg‘ona “Saxovat” internat uyi va “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi bilan xamkorlikda ayollarni bandligini ta’minlash maqsadida kashtachilik ustaxonasi tashkil etilgan edi. Ushbu kashtachilik ustaxonasida hunar o‘rgangan nogironligi bo‘lgan usta hunarmandlar o‘z faolyatini kengaytirib o‘zlari ishlab chiqargan kashtachilik mahsulotlari bilan Farg‘ona viloyati xokimligi ko‘magi bilan Italiyaning Milan shahrida o‘tkazilgan halqaro hunarmandlar ko‘rgazmasida qatnashgan edilar. Ushbu hamkorlik davom…

Farg‘ona “Saxovat” internat uyi va “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi bilan xamkorlikda ayollarni bandligini ta’minlash maqsadida kashtachilik ustaxonasi tashkil etilgan edi. Ushbu kashtachilik ustaxonasida hunar o‘rgangan nogironligi bo‘lgan usta hunarmandlar o‘z faolyatini kengaytirib o‘zlari ishlab chiqargan kashtachilik mahsulotlari bilan Farg‘ona viloyati xokimligi ko‘magi bilan Italiyaning Milan shahrida o‘tkazilgan halqaro hunarmandlar ko‘rgazmasida qatnashgan edilar.

Ushbu hamkorlik davom etirilib bugungi kunda “Saxovat” internat uyidagi nogironligi bor erkaklar uchun kulolchilik ustaxonasi tashkil etilmoqda. “Hunarmand” uyushmasi a’zosi Mamurov Abdusalom usta kulol birinchi darsini kulolchilik va loy bilan ishlashdan boshladi.

Author: Uyushma axborot xizmati