Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Pichoq haqida ma’lumot

Pichoq haqida ma’lumot

Pichoq – bu O‘zbekistondagi buyumni yo biron narsani kesuvchi moslamaning an’anaviy nomidir. Qo‘lda yasalgan yoki alohida ilhom bilan tayyorlangan ajoyib sifatli tig‘ va dastaga ega pichoqning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Pichoq Oʻrta Osiyoda erkaklarning eng zarur ish quroli, bezagi tariqasida foydalanilgan. Shuning uchun Oʻzbekistondagi pichoqsozlar pichoqni sanʼat darajasiga koʻtarganlar. Qadimda hunarmandlar bir-biri bilan birikib bir…

Pichoq – bu O‘zbekistondagi buyumni yo biron narsani kesuvchi moslamaning an’anaviy nomidir. Qo‘lda yasalgan yoki alohida ilhom bilan tayyorlangan ajoyib sifatli tig‘ va dastaga ega pichoqning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Pichoq Oʻrta Osiyoda erkaklarning eng zarur ish quroli, bezagi tariqasida foydalanilgan. Shuning uchun Oʻzbekistondagi pichoqsozlar pichoqni sanʼat darajasiga koʻtarganlar.

Qadimda hunarmandlar bir-biri bilan birikib bir mahallada yashaganlar va mahalla shu nom bilan atalgan. Mas, Toshkent shahrida Pichoqchilik mahallasi saqlanib qolgan. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan pichoqlar faqat uy-roʻzgʻor va xoʻjalik buyumigina boʻlib qolmay, balki milliy sanʼat asari darajasiga koʻtariladi, shu tufayli chet el sayyohlari uchun sovgʻa sifatida ham qadrlanadi.

Author: Uyushma axborot xizmati