Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > O‘zbekiston tumani: Ikki oy oldin “Ayollar va yoshlar daftari”da turgan ayollar bugun ish beruvchiga aylandilar

O‘zbekiston tumani: Ikki oy oldin “Ayollar va yoshlar daftari”da turgan ayollar bugun ish beruvchiga aylandilar

Uch farzandning onasi Irodaxon Yunusova O‘zbekiston tumanining “Beruniy” mahallasida yashaydi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan Irodaxon tikuvchilikdan yaxshigina boxabar edi. Tijorat bankidan ajratilgan 25 mln. so‘mlik imtiyozli kredit evaziga 5 ta zamonaviy tikuv mashinasi xarid qiladi. Shu tariqa o‘z yumushini yengillatib, asta-sekin daromadini ko‘paytira boshlaydi. Yoniga yana 5 nafar ishsiz mahalladosh qizlarni ham olib, bugun chaqaloqlardan tortib…

Uch farzandning onasi Irodaxon Yunusova O‘zbekiston tumanining “Beruniy” mahallasida yashaydi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan Irodaxon tikuvchilikdan yaxshigina boxabar edi.

Tijorat bankidan ajratilgan 25 mln. so‘mlik imtiyozli kredit evaziga 5 ta zamonaviy tikuv mashinasi xarid qiladi. Shu tariqa o‘z yumushini yengillatib, asta-sekin daromadini ko‘paytira boshlaydi. Yoniga yana 5 nafar ishsiz mahalladosh qizlarni ham olib, bugun chaqaloqlardan tortib yoshi katta ayolu-erkaklar kiyimlarini tikmoqda.

Hozirda u maxsus daftar ro‘yxatidan chiqqan. Bozori xaridorgir sifatli kiyim-kechaklarini Andijonu, Namangan, xatto Xorazmgacha yetkazib bermoqda.

“Barchasi astoydil qunt va halol mehnatga bog‘liq. Shukr, olayotgan daromadimiz yomon emas. Kuzda kamzul va kurtkalar tikishga o‘tamiz. Keyinchalik esa tikuv syexi ochish niyatidamiz”, – deydi tikuvchi.

Author: Uyushma axborot xizmati