Rasmiy bayonot

2021 yilning 18 avgust kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi O‘ZA da “Hunarmandning oyog‘idagi tushov yoxud kredit ololmay sarson bo‘layotgan Asad Aliyevning dardini kim eshitadi?” sarlavhali maqola https://uza.uz/uz/posts/hunarmandning-oyogidagi-tushov-yoxud-kredit-ololmay-sarson-bolayotgan-asad-alievning-dardini-kim-eshitadi_293736 e’lon qilindi.  Maqolada, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Abziyat qishlog‘ida yashovchi Asad Allayevning kulolchilik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit ololmay necha oydan beri ovorayu sarson bo‘layotgani, Asad Allayevning o‘g‘li Javlon…

2021 yilning 18 avgust kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi O‘ZA da “Hunarmandning oyog‘idagi tushov yoxud kredit ololmay sarson bo‘layotgan Asad Aliyevning dardini kim eshitadi?” sarlavhali maqola https://uza.uz/uz/posts/hunarmandning-oyogidagi-tushov-yoxud-kredit-ololmay-sarson-bolayotgan-asad-alievning-dardini-kim-eshitadi_293736 e’lon qilindi. 

Maqolada, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Abziyat qishlog‘ida yashovchi Asad Allayevning kulolchilik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit ololmay necha oydan beri ovorayu sarson bo‘layotgani, Asad Allayevning o‘g‘li Javlon Gʻaniyev kulolchilik borasida rishtonlik mashhur kulol Alisher Nazirovga shogird tushib, undan  kulolchilik sir-asrorlari hamda tadbirkorlik ishini yuritish bo‘yicha saboq olib qaytgani va o‘z mahallasida Rishtondagi kabi kulolchilik markazi tashkil etmoqchi ekanligi yozilgan. Mazkur markazni tashkil etish uchun mas’ul tashkilotlarga bir necha bor qilgan murojaatlaridan so‘ng markaz uchun eski masjid binosi ajratib berilgan, Bankdan kredit olib bu yerda  qurilish ta’mirlash ishlarini amalga oshirganliklari,  endi esa oxirgi ta’mirlash ishlarini yakunlab kerakli jihozlar, uskunalarni xarid qilishlari uchun mablag‘ zarurligi, shuning uchun imtiyozli kredit olish maqsadida hujjatlarni tayyorlab, tijorat bankiga topshirganliklari, lekin hech shu masala hal bo‘lmayotgani, ish esa ortga cho‘zilib borayotgani,  haqida maqolada keltirilgan.

Maqola so‘ngida soha mas’ullari va viloyat mutasaddilaridan ushbu masalaga e’tibor qaratilishi so‘ralgan.

Yuqoridagi maqolada keltirilgan masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev topshirig‘iga binoan ishchi guruhi tuzildi hamda uning tarkibiga rais o‘rinbosari A.Murtazayev rahbar, “Hududiy tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish” bo‘limi boshlig‘i A.Babayev, bo‘lim bosh mutaxassisi D.Ibragimov hamda uyushmaning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Q.Raxmatullayevlar ishchi guruhi a’zosi sifatida kiritildi. Ushbu  ishchi guruhi  keltirilgan masalani tezkor tartibda o‘rganib chiqdi.

Ishchi guruhining o‘rganish davomida  aniqlanishicha,  Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, “Mo‘minabod” MFY da ro‘yxatda turuvchi, “Hunarmand” uyushmasi a’zosi  YaTT  “ALLAYEV ASAT GANIYEVICH” ga AT “Xalq banki”ning Shahrisabz tuman filiali tomonidan joriy yilning 22 may kuni kulolchilik faoliyatini rivojlantirish uchun  30 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilgan. 

2021 yil 18 avgust holatiga A.Allayevning 11 848 ming so‘m kredit qarzdorligi mavjud (shundan 987 ming so‘mining muddati o‘tgan). 

Mazkur bank rahbariyatining ma’lum qilishicha, A.Allayev, mavjud kerdit qarzdorligini to‘liq  so‘ndirmagan holda bankga og‘zaki murojaat qilib, o‘g‘li(J.Gʻaniyev)ning nomiga issiqxona qurish uchun imtiyozli kredit ajratishni so‘ragan.

Shuningdek, A. Allayevning o‘g‘li Gʻaniyev Jaxongir Asat o‘g‘li “Hunarmand” uyushmasi a’zosi sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tmagan (ma’lumot 18.08.2021 holatiga) bo‘lsada, ATB “Agrobank”ning Shaxrisabz tumani filialiga elektron platforma orqali murojaat qilib hunarmandchilik sohasida faoliyat yuritish uchun 12 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishini so‘ragan, ammo uyushmaga azoligini tasdiqlovchi guvohnomani taqdim etmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5033-sonli qarorining 21-bandiga ko‘ra, ATB «Agrobank» «Hunarmand» uyushmasi a’zolariga asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish uchun 36 oygacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmaydigan holda, bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravarigacha, miqdorda kreditlar ajratishi mumkin. 

Yuqridagi huquq normasiga ko‘ra, J.Gʻaniyev tomonidan bankka uyushmaning a’zolik guvohnomasi taqdim etilmasa bank muassassasi kredit ajratish to‘g‘risidagi ariza  rad etishga xaqli.  

Bundan tashqari fuqaro J.Gʻaniyevni uyushma a’zoligiga qabul qilish va imtiyozli keredit ajratilishida amaliy yordam berish to‘g‘risida uyushmaning hududiy  bo‘limlariga rasman murojaat qilmagan.  

Ta’kidlash joizki, Respublika “Hunarmand” uyushmasi tijorat banklari bilan Prezidentning hunarmandchilikni rivojlantirishga oid qaror va farmonlari ijrosini ta’minlashda doimiy  hamkorlik qiladi.

“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasiga ko‘ra uyushma, o‘z a’zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish huquqiga ega.

Qayd etilganlarga ko‘ra, Kulolchilik yo‘nalishida  imtiyozli kredit olib ish bolash uchun A.Allayev va J.Gʻaniyevlarga “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lishlari hamda xujjatlarni o‘rnatilgan tartibda bank muassasalariga  yangitdan topshirishlari tavsiya etiladi.

Fuqaro J.Gʻaniyev uyushmadan rasman o‘tgan kunidan boshlab uyushmada huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish huquqiga ega.

Yuqoridagilardan kelib chiqib uyushma, fuqaro J.Gʻaniyevning uyushma a’zosi sifatida huquqlarini himoya qilishini hamda davlat va nodavlat tashqilotlarida vujudga keladigan baxs, munozarali xolatlarda uning manfaatlarini ifodalashini kafolatlaydi.

Bundan tashqari J.Gʻaniyevga uyushma a’zosi sifatida soliq imtiyozlarini qo‘llanilishida imtiyozli kreditlarning ajratilishida, u tomondan ishlab chiqarilgan kulolchilik mahsulotlarini sifat jihatidan xorijiy davlatlarga eksport ishlarini amalga oshirilishida, usta hunarmand sifatida xaqaro festivallarda  ishtirok etishida yaqindan yordam berishini ta’minlaydi.

“Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati