Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan  soha kesimida 2022 yil faoliyat tahlili va 2023 yildagi asosiy vazifalar haqida

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan  soha kesimida 2022 yil faoliyat tahlili va 2023 yildagi asosiy vazifalar haqida

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi ijrosi hamda sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida soha kesimida 2022 yil faoliyat tahlili va 2023 yildagi asosiy vazifalar haqida So‘nggi yillarda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi hamkorlikda…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi ijrosi hamda sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida soha kesimida 2022 yil faoliyat tahlili va 2023 yildagi asosiy vazifalar haqida

So‘nggi yillarda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi hamkorlikda qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Natijada 2022 yil yanvar-dekabr oylarida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1. Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan kreditlar, subsidiyalar va usta-shogird maktablari tashkil topishi hisobiga 2022 yilda 80 ming (15 501 usta, 64 499 shogird) nafar fuqaroning bandligini ta’minlashni maqsad qilib oligan bo‘lib, joriy yil 11 oy davomida (01.12.2022 holatiga) 87 297 ta yangi ish o‘rni (15 971 usta, 71 326 shogird) yaratildi. Yaratilgan ish o‘rinlarining 59 436 tasi (68%) ayollar, 38 659 tasi 44%) yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

2. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” hisobidan 6 864 nafar ishsiz fuqarolarni hunarmandchilikka yo‘naltirish va bandligini ta’minlash uchun 5 304 mln. so‘m mablag‘lar ajratildi.

3. Hunarmandchilik loyihalari dasturini shakllantirish va bu orqali soha vakillarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2018-2021 yillarda jami 40 mingdan ortiq hunarmandchilik loyihalari uchun 1,1 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan, ajratilgan kreditlarni o‘z muddatida qaytarish darajasi 89 foizni tashkil etib, bugunga qadar sohaga ajratilgan jami kreditlardan muddati kelgan 915 mlrd. so‘mi tijorat banklariga qaytarilgan.

4. Markazlar tashkil etilishi bo‘yicha 2022 yil 11 oy davomida 3 ta (Buxoro viloyati zardo‘zlik yunalishida “Malika Sulton”, Toshkent viloyati “Yog‘och uymakorligi usta-shogird maktabi” Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Katta Do‘mbirobod maxallasidagi “Hunarmandlar markazi”) hunarmandchilik markazi to‘liq qurib bitkazildi va 200 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

5. Hunarmandlarning xalq amaliy san’ati milliy katalogi yaratilib, faxriy va xalqaro ko‘rgazma hamda tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 353 nafar ustalar ushbu katalogga kiritildi. Shuningdek, 1,2 mingga yaqin hunarmandlar turizm reyestriga kiritilib, ushbu soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

6. O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari ko‘magida MDH, Yevropa va AQSH davlatlariga hunarmandchilikning kulolchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamchilik va qo‘lda gazlama to‘qish yo‘nalishlari bo‘yicha jami 13,2 mln. AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi.

7. Milliy hunarmandchilik mahsulotlarining onlayn savdosini yo‘lga qo‘yish uchun uzcrafts.uz, suzanishop.uz va ikatmarketing.com kabi internet magazinlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda uzcraft.com kanal va guruhlari tashkil etildi.

8. Hunarmandchilik yo‘nalishida milliy urf odatlarimizni aks ettirgan “Chust Do’ppi”, “Adras of Margilan”, “Karakul Fur”, “Rishtan Ceramics” kabi milliy brendlar yaratilib, bunday brendlar bilan 250 nafardan ortik, hunarmandlar Amazon, Ebay  va ETSY kabi platformalarga milliy hunarmandchilikning talab yuqori bo‘lgan 12 ta yo‘nalishi bo‘yicha 5 mingdan ortiq mahsulotlar joylashtirilib, onlayn savdo hajmi 1,6 mln. dollardan oshdi.

2023 yilga vazifalar va yangi tashabbuslar:

– jami 41 mingta ish o‘rinlari yaratiladi, shundan, usta-hunarmandlar -10,1 ming nafar, shogirdlar – 30,9 ming nafarni tashkil etadi;

– “Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi” doirasida tijorat banklari tomonidan 580,7 mlrd so‘m kreditlar ajratilgan xolda, jami 12 565 ta hunarmandchilik loyihalarini amalga oshiriladi;

– hunarmandlarni onlayn savdo va turizm sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida xar bir hududda bir oyda 3 marta jami 42 ta o‘quv-seminar, trayninglar tashkil etish orqali E-Commerse tizmida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar sonini 220 nafardan 500 nafarga, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar sonini 1520 nafardan 2500 nafarga yetkazish.

– horijiy davlatlarda bo‘lib o‘tadigan 28 ta hunarmandchilik ko‘rgazmalarida 320 nafar hunarmandlarning ishtirokini ta’minlash orqali ushbu yo‘nalishda savdo hajmini 1,5 mln. AQSH dollariga yetkazish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va to‘g‘ridan to‘g‘ri sharnoma tuzish yo‘li bilan mahsulo eksport qilishga ko‘maklashish va yillik eksport xajmini 15,3 mln. AQSH dollariga yetkazish.

– Respublika hududlarida jami 5,60 gektar maydonga, qiymati 73 mlrd. so‘mlik, 9 ta hunarmandchilik markazlari tashkil etilishi va 700 ta yangi ish o‘rinlari yaratish shuningdek, Hunarmandchilik kirib borgan maxallalar sonini 8 127 taga yetkazish ko‘zlangan.

Yuqoridagilarni va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida, quyidagilar taklif etiladi:

– Markaziy bank tomonidan yuritiladigan “oilakredit.uz” elektron platformasida PQ-55-son Qarorga asosan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan mablag‘lardan hunarglandchilik yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan 580,7 m\lrd. cyw\, hunarmandchilik loyihalari hisobi va onlayn navbatlarni alohida yuritishni yo‘lga qo‘yish hamda tijorat banklari tomonidan hunarmandlarga kredit ajratish jarayonlarini istisno tariqasida soddalashtirish.

– Shuningdek uyushmaning masu’l xodimiga, Markaziy bank tomonidan berilgan elektron kalitdan “oilakredit.uz” elektron platformasidan foydalanish tartibini o‘rgatish.

– “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga istisno tariqasida, “Marketpleys” platformada ishtirok etmaydigan ta’minotchilardan xomashyo va asbob-uskunalar sotib olishga imkon yaratish.

– Uzbekistan Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasiga tegishli tartibda o‘zgartirish kiritish orqali 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni shogirdlikka olishda ijtimoiy soliqni o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar uchun belgilangani kabi ixtiyoriy ravishda yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilash.

– Hunarmandchilik sohasida yangi ish o‘rinlar yaratish, soliq shu jumladan QQS to‘lovchilar safini kengaytirish, usta hunarmandlarni yirik soliq to‘lovchilar kabi bir xil soliqtizimiga bosqichma – bosqich o‘tkazish bunda,maqsadida 2023 yil 1 yanvardan boshlab 2026 yil 1 yanvarga qadar Millim katalog reyeyestriga kiritilgan uyushma a’zolari uchun mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumi 100 mln so‘mdan oshgan, birok, 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdori uchun yagona soliq to‘lov stavkasini amaldagi 2 foizdan 2,5 foizgacha miqdorida etib belgilash.

– 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida mustaqil faoliyat boshlagan shogirdlarga asbob-uskuna sotib olish uchun Axolini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan subsidiyalar ajratilmaganligi sababli bu boradagi ishlarni jadallashtirish.

Author: Uyushma axborot xizmati