Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Zamonamiz qahramonlariga -ehtirom

Zamonamiz qahramonlariga -ehtirom

Joriy yilning 3 sentyabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qiluvchi ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlarga g‘amxo‘rlik qilayotgan shifokorlar va 15 dan ortiq hamshiralar uchun “Hunarmand” uyushmasi Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan so‘mlik esdalik sovg‘alari topshirildi.

13 avgust kuni  O‘zbekiston Respublikasi  Mustaqiligining 29 yilligi  munosabati bilan Toshkent viloyati Angren  shahrida joylashgan  shifoxona  kompleksida   aholiga be’minat xizmat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh shifokor va hamshiralarni tabriklash maqsadida “Hunarmand” uyushmasining Toshkent viloyati boshqarmasining  Angren shahar bo‘limi tomonidan shifokorlarga esdalik sovg‘alari  berildi.

3 sentyabr kuni  “Hunarmand” uyushmasining Toshkent viloyati Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan Olmaliq shahridagi Sanitariya – epidemiologiya markazi xodimlariga esdalik sovg‘alar berildi.

Author: Uyushma axborot xizmati