Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5242-son qarori bilan «Hunarmand» uyushmasining a’zolari qat’iy belgilangan soliqni toʻlashdan ozod etilgan (ya’ni daromad soligʻini toʻlamaydi).

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5242-son qarori bilan «Hunarmand» uyushmasining a’zolari qat’iy belgilangan soliqni toʻlashdan ozod etilgan (ya’ni daromad soligʻini toʻlamaydi).

   Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga berilgan imtiyozlar
1. 2017-yil 1-dekabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5242-son qarori bilan «Hunarmand» uyushmasining a’zolari qat’iy belgilangan soliqni toʻlashdan ozod etilgan (ya’ni daromad soligʻini toʻlamaydi).
2. «Hunarmand» uyushmasining a’zolari ijtimoiy soliqni yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida (ya’ni bir yilda bir marotaba 270 000 ming soʻm) toʻlaydi.
3. «Hunarmand» uyushmasining a’zolariga yillik 14 foiz stavkada 3 yil muddatga, aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oy muddatga, 225 million soʻmgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi, shundan 6 oygacha imtiyozli davr hisoblanadi.
4. “Usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi uchun 6 oy davomida har oyda 540 000 ming soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan subsidiyalar (davlat tomonidan begʻaraz yordam puli) ajratiladi. Shogirdlarga mustaqil faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olishi, shuningdek, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish, oʻz mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq 6 750 000 ming soʻmdan oshmaydigan qismiga subsidiyalar ajratiladi.
5. Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat yuritish joyidan qat’iy nazar, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti) haqini toʻlovini aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida amalga oshiradi.
6. Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun cheklanmagan miqdorda shogird qabul qilishi mumkin.
2-3-4-5- bandlar OʻZ Res Prezidentining PQ-77 sonli
qarorida keltirilgan.
6-bandi OʻZ Res Prezidentining OʻRQ-653-son
qonuni 10-moddasida keltirilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati