Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga berilgan imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga berilgan imtiyozlar

1. 2017 yil 1 dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5242-son qarori bilan «Hunarmand» uyushmasining a’zolari qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ozod etilgan (ya’ni daromad solig‘ini to‘lamaydi). 2. «Hunarmand» uyushmasining a’zolari ijtimoiy soliqni yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida (ya’ni bir yilda bir marotaba 270 000 ming so‘m) to‘laydi. 3. «Hunarmand» uyushmasining a’zolariga yillik 14 foiz…

1. 2017 yil 1 dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5242-son qarori bilan «Hunarmand» uyushmasining a’zolari qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ozod etilgan (ya’ni daromad solig‘ini to‘lamaydi).

2. «Hunarmand» uyushmasining a’zolari ijtimoiy soliqni yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida (ya’ni bir yilda bir marotaba 270 000 ming so‘m) to‘laydi.

3. «Hunarmand» uyushmasining a’zolariga yillik 14 foiz stavkada 3 yil muddatga, aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oy muddatga, 225 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi, shundan 6 oygacha imtiyozli davr hisoblanadi.

4. “Usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi uchun 6 oy davomida har oyda 540 000 ming so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan subsidiyalar (davlat tomonidan beg‘araz yordam puli) ajratiladi. Shogirdlarga mustaqil faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olishi, shuningdek, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq 6 750 000 ming so‘mdan oshmaydigan qismiga subsidiyalar ajratiladi.

5. Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat yuritish joyidan qat’iy nazar, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizasiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti) haqini to‘lovini aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshiradi.

6. Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun cheklanmagan miqdorda shogird qabul qilishi mumkin.

2-3-4-5- bandlar O‘Z Res Prezidentining
PQ-77 sonli qarorida keltirilgan.

6-bandi O‘Z Res Prezidentining O‘RQ-653-son
qonuni 10-moddasida keltirilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati