Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4539-sonli qarorining 2-bandida “Respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali mazkur vakolatxonalar joylashgan va boshqa yirik shaharlarda hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini namoyish etish va sotish uchun milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati mahsulotlarini keng targ‘ib qilish,yangi bozorlarni o‘zlashtirishga ko‘maklashuvchi “savdo uylari”…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4539-sonli qarorining 2-bandida “Respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali mazkur vakolatxonalar joylashgan va boshqa yirik shaharlarda hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini namoyish etish va sotish uchun milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati mahsulotlarini keng targ‘ib qilish,yangi bozorlarni o‘zlashtirishga ko‘maklashuvchi “savdo uylari” va milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlarini tashkil etish choralarini ko‘rish” vazifasi yuklatilgan. Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22 sentyabr – 5 oktyabr kunlari Doha shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida “PRECISE GROUP” kompaniyalar guruhi prezidenti Lothar Hohmann bilan Dubay shahrida o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari do‘konini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Kelishuvga ko‘ra, Precise group kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Dubay xalqaro aeroportiga tutash hududda uyushma huzuridagi “Craft and Art” MCHJ tomonidan o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdo do‘koni tashkil etildi. Hamkor tarafning taklifiga binoan do‘konning rasmiy ochilish marosimi shu yilning 17 dekabr sanasida o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistonning  Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi ko‘magida “Sheikh Zayed Grand Mosque” majmuasi rahbariyati bilan ham uchrashuv tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib,unda har yil noyabr va mart oylarida Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan “Shayx Zoid” festivalida O‘zbekiston pavilonini tashkil etish va o‘zbek hunarmandchiligi mahsulotlari savdosini kengaytirish, festivalda 15 nafardan kam bo‘lmagan hunarmandlar ishtirokini ta’minlash masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, Dubay shahridagiDubai Outlet Mall, City Centr Mirdif savdo markazlari boshqaruv raisi o‘rinbosari Maxmud Axmed Al-Xarri bilan ham uchrashuv tashkil etish rejalashtirilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati