Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Istiqbolda amalga oshiriladigan vazifalarga bagʼishlangan videoselektor yig’ilishi o’tkazildi

Istiqbolda amalga oshiriladigan vazifalarga bagʼishlangan videoselektor yig’ilishi o’tkazildi

    Bugun 2020 yilning 23 may kuni Davlatimiz rahbarining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, odamlar hayoti bilan tanishish maqsadida Аndijon viloyatiga qilgan tashriflari yakunlari boʼyicha Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasiga tashrif davomida berilgan topshiriqlar va istiqboldagi vazifalarni belgilab olish boʼyicha videoselektor yigʼilishi oʼtkazildi.

      Videoselektor yigʼilishini Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Аdxam Ikramov kirish soʼzi bilan ochib, Davlat rahbarining Аndijon viloyatiga qilgan tashriflaridan kelib chiqib, Palata va Uyushma tomonidan istiqbolda amalga oshiriladigan vazifalar haqida soʼz yuritdi.
Videoselektorda joylardan Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasining hududiy boshqarma rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, videselektor yigʼilishida respublikamizda hunarmandchilikni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, Toshkent shahar Sergeli va Olmazor tumanlarida tadbirkorlik yoʼnalishida bajarilayotgan ishlar, Аndijon va Namangan viloyat hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida ham soʼz yuritildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati