Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston hududida neolit davridayoq Hunarmandchilikning dastlabki muhim tarmog‘i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarish va to‘qimachilik vujudga keldi

O‘zbekiston hududida neolit davridayoq Hunarmandchilikning dastlabki muhim tarmog‘i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarish va to‘qimachilik vujudga keldi

O‘zbekiston hududida neolit davridayoq Hunarmandchilikning dastlabki muhim tarmog‘i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarish va to‘qimachilik vujudga keldi (Xorazm vohasidagi Kaltaminor madaniyati, Surxondaryodagi Sopollitepa va b). Mil. av. 2-asrdan boshlab Hunarmandchilik mahsulotlari savdosida Buyuk ipak yo‘li muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘rta asrlarda Sharq mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar (Arab xalifaligida po‘lat, O‘rta Osiyo va Hindistonda shoyi, chinni,…

O‘zbekiston hududida neolit davridayoq Hunarmandchilikning dastlabki muhim tarmog‘i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarish va to‘qimachilik vujudga keldi (Xorazm vohasidagi Kaltaminor madaniyati, Surxondaryodagi Sopollitepa va b). Mil. av. 2-asrdan boshlab Hunarmandchilik mahsulotlari savdosida Buyuk ipak yo‘li muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘rta asrlarda Sharq mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar (Arab xalifaligida po‘lat, O‘rta Osiyo va Hindistonda shoyi, chinni, qog‘oz) Yevropa bozorlarida qadrlandi. Hindistonda paxtadan nafis mato, Xitoyda ipak mato to‘qiydigan dastgohlar vujudga keldi, Xitoy va O‘rta Osiyoda shisha tayyorlash texnologiyasi takomillasha bordi.

Author: Uyushma axborot xizmati