Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > «Hunarmand» uyushmasida yangi tayinlov

«Hunarmand» uyushmasida yangi tayinlov

2022 yil 6 dekabr kuni «Hunarmand» uyushmasida Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, uyushma raisi Ulug‘bek Abdullayev hamda xodimlar ishtirokida navbatdan tashqari majlis bo‘lib o‘tdi. Unda «Hunarmand» uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tayinlangan Mansurov Bobir Sobirovich jamoa a’zolariga tanishtirildi. Bobir Mansurov Toshkent shahrida 1977-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.  O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. U shu…

2022 yil 6 dekabr kuni «Hunarmand» uyushmasida Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, uyushma raisi Ulug‘bek Abdullayev hamda xodimlar ishtirokida navbatdan tashqari majlis bo‘lib o‘tdi.

Unda «Hunarmand» uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tayinlangan Mansurov Bobir Sobirovich jamoa a’zolariga tanishtirildi.
Bobir Mansurov Toshkent shahrida 1977-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.  O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. U shu kunga qadar AJ “UZBEKNEFTEGAZIFORMATIKA” Boshqaruv Kengashining a’zosi  sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek, u O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining Tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslaxatchisi, O‘zLiDeP Mirobod tuman Kengashi raisi xamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Mirobod tuman Kengashining Xalq deputatidir.
Bobir Sobirovich uyushma jamoasi bilan sohasining ertangi rivoji uchun ko‘zlangan umumiy maqsad yo‘lida birgalikda mehnat qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Author: Uyushma axborot xizmati