Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hurmatli yurtdoshlar va yurtimiz mehmonlari!

Hurmatli yurtdoshlar va yurtimiz mehmonlari!

Sizlarni joriy yilning 28 sentyabr kuni soat 16.00da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, «Katta Do‘mbirobod» mahallasida «Hunarmandchilik markazi» va «Usta-shogird maktabi»da mohir kashtado‘z, “Shuhrat” medali sohibi Nasiba Isxakovaning “Kashtalarda olam namoyon” nomli amaliy seminarga taklif etamiz. Tadbirda Nasiba Isxakova tomonidan mahorat darsi, usta tomonidan usta-shogird maktabi mashg‘ulotlari, usta hunarmandning hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyishi, yosh shogirdlar ishtirokida…

Sizlarni joriy yilning 28 sentyabr kuni soat 16.00da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, «Katta Do‘mbirobod» mahallasida «Hunarmandchilik markazi» va «Usta-shogird maktabi»da

mohir kashtado‘z, “Shuhrat” medali sohibi Nasiba Isxakovaning “Kashtalarda olam namoyon” nomli amaliy seminarga taklif etamiz.

Tadbirda Nasiba Isxakova tomonidan mahorat darsi, usta tomonidan usta-shogird maktabi mashg‘ulotlari, usta hunarmandning hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyishi, yosh shogirdlar ishtirokida “Eng mohir kashtado‘z” kashta tikish bo‘yicha bellashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Barchangizni taklif etamiz.

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi

Author: Uyushma axborot xizmati