Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Namangan viloyati, To’raqo’rg’on markazidagi Isvaxon mahallasida birorta ham ishsiz qolmadi

Namangan viloyati, To’raqo’rg’on markazidagi Isvaxon mahallasida birorta ham ishsiz qolmadi

Isvaxon – Toʼraqoʼrgʼon markazidagi eng katta mahallalardan biri hisoblanadi. Bu hududda 847 ta xonadonda 4500 nafar aholi istiqomat qiladi.
Bugun ushbu mahalla tajribasi tumanga ommalashtirildi. Negaki, Isvaxonda birorta ishsiz odam qolmadi. Xonadonlarni aylansangiz, har birining oʼz mashgʼuloti bor fuqarolarni uchratasiz.

Misol uchun. Xunarmand Solijon Toshpoʼlatov oilasi blan xunar bilan shugilanib kelmokda, Аbdullaeva Patilaxon va kelinlari Oʼgʼiloylar qoʼlidan chiqayotgan mahsulotlar koʼzni quvnatadi.
– Ushbu mahallamizda yil boshida 17 nafar ishsiz bor edi, hozir ular ham qiziqishlari boʼyicha bandliklarini taʼminladilar. Ularga mehnat daftarchalari ochilib, stajlari hisoblab borilyapti,-deydi mahalla raisi Аnorxon Ermatova.
Tumandagi barcha mahallalarda shu tajriba asosida ish olib borilyapti.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati