Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “World Craft Council -APR” tomonidan mamlakatimizda joriy yilda yuz bergan tabiiy ofat, shuningdek, favqulodda hodisa sabab zarar koʼrgan hunarmandlarga koʼmak berish maqsadida pul mablag’ ajratildi

“World Craft Council -APR” tomonidan mamlakatimizda joriy yilda yuz bergan tabiiy ofat, shuningdek, favqulodda hodisa sabab zarar koʼrgan hunarmandlarga koʼmak berish maqsadida pul mablag’ ajratildi

   Xabaringiz bor oʼtgan 2019 yilda Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi “World Craft Council (Jahon Hunarmandlar Kengashi) va uning Osiyo va tinch okeani mintaqasi WCC-APR tashkilotining aʼzosi boʼlgan edi.

Ushbu tashkilot 1964 yilda Belьgiyada nodavlat-notijorat tashkilot sifatida tashkil etilgan va boy madaniy merosni asrab-avaylash va rivojlantirish uchun seminarlar, konferentsiyalar va koʼrgazmalar oʼtkazish orqali butun dunyoda hunarmandchilik tashkilotlarini qoʼllab-quvvatlaydi.
“WCC – APR (Jahon hunarmandlar Kengashi Osiyo va tinch okeani mintaqasi) tomonidan joriy yilning 27 aprel kuni Buxoro va Navoiy viloyatlari behad kuchli shamol oqibatida Qorakoʼl va Olot tumanlarida yuz bergan tabiiy ofatda, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida roʼy bergan favqulodda hodisa sabab zarar koʼrgan hunarmandlarga koʼmak berish maqsadida 5000 АQSh Dollari miqdorida pul mablagʼ ajratildi.
Ushbu ajratilgan pul mablagʼi tabiiy ofatda va tehnogen hodisa sabab hunarmandlarning ustaxonalari va uylariga yetkazilgan zararni qoplash uchun sarflanishi koʼzda tutilgan.

Shu sababli Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi har bir xududda talofat koʼrgan hunarmandlarning roʼyxatini shakllantirdi. Jumladan, Buxoro viloyatidan 10 nafar, Navoiy viloyatidan 10 nafar va Sirdare viloyatning 3 ta tumanida suv toshishi oqibatida qisman yoki butunlay uy va ustaxonalariga zarar yetgan 30 nafar hunarmandlar aniqlandi. Bularning xar biriga 1 million sum (100 АQSh dollari ekvivalentida) nakd pul tariqasida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tarqatilishi boshlandi va WCC-APR tashkiloti va butun Osiyo va tinch okeani mintaqasi aʼzo hunarmandlari nomidan yordam ekanligi hunarmandlarimizga yetkazilmoqda.

Аlbatta, bu kabi xayrli ishlar hunarmandlar oʼrtasida oʼzaro birdamlik va bir-birini qiyin kunlarda moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash ekanligini koʼrsatish bilan birga KOVID-19 pandemiyasini ham birdamlik orqali yengib oʼtish zarurligini koʼrsatadi.
Аytish lozimki, ushbu koʼmak hunarmandlarga qiyinchilik paytda oʼz hunarini davom ettirishlariga kuch topa olishlariga xizmat qiladi va ruhiy dalda beradi.

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi “WCC – APR (Jahon Hunarmandlar Kengashi Osiyo va tinch okeani mintaqasi)ga ushbu koʼmak uchun oʼz minnatdorchiligini bildiradi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati