Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Diqqat tanlov !!!

Diqqat tanlov !!!

2022-yilning 21 — 25-may kunlari kunlari Buxoro shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali logotipi uchun tanlov e’lon qilinadi.
Tanlovda professional reklama kompaniyalari, agentliklar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar (frilanserlar, hunarmandlar, talabalar va h.k) ham ishtirok etishi mumkin.

Logotipning oʻziga xos versiyasini ishlab chiqing va ta’rifini qisqacha bayon eting.
Tanlovning mukofot fondi: birinchi oʻrin uchun 5 000 000 (besh million) soʻm, ikkinchi oʻrin uchun 3 000 000 (uch million) soʻm, uchinchi oʻrin uchun 2 000 000 (ikki million) soʻmni tashkil etadi.

Eng yaxshi deb topilgan 3 ta variant festivalning tashkiliy qoʻmitasi e’tiboriga taqdim etiladi.

Tanlovga taqdim qilingan materiallar 2022-yil 1-noyabr soat
14 00 gacha qabul qilinadi.

2022-yilning 10-noyabr kuni gʻolib e’lon kilinadi va uning logotipi festival ramziga aylanadi.
Tanlov shartlari va texnik topshiriqlari bilan quyidagi saytda tanishib chiqishingiz mumkin. www.ҳандиcрафтман.уз.

Grafik fayl va ta’rif matnini, shuningdek, muloqot uchun ma’lumotlarni quyidagi elektron pochtaga joʻnating инфо@ҳандиcрафтман.уз
Murojaat uchun telefon: (+371) 279-80-88

Author: Uyushma axborot xizmati