Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʼi Xurshid Yahyoev hamda viloyat “Sanoat qurilish bank” raisi Siroj Rajabov Gʼijduvon tumanidagi xalq amaliy sanʼati ustasi, kulol Аlisher Narzullaev ustaxonasida boʼlib, suhbatlashishdi. Suhbat davomida hunarmand Аlisher Narzullaev ning faoliyati bilan yaqindan tanishildi va tajribasini yanada ommalashtirish, usta shogird maktabini rivojlantirish borasida soʼz bordi.
Uyushma Аxborot xizmati