Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni bilan Yusupxodjayeva Gulnoz Abduxannonovna taqdirlandi

“Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni bilan Yusupxodjayeva Gulnoz Abduxannonovna taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “8mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni bilan Yusupxodjayeva Gulnoz Abduxannonovna – «Hunarmand» uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi a’zosi. Ma’lumot uchun: Yusupxodjayeva Gulnoz Abduxannonovna 1967-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2017 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Toshkent shahar bo‘limi a’zos, “Qo‘lda gazlamalar to‘qish” yo’nalishida faoliyat olib…

Prezident Shavkat Mirziyoyev “8mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni bilan Yusupxodjayeva Gulnoz Abduxannonovna – «Hunarmand» uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi a’zosi.

Ma’lumot uchun: Yusupxodjayeva Gulnoz Abduxannonovna 1967-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2017 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Toshkent shahar bo‘limi a’zos, “Qo‘lda gazlamalar to‘qish” yo’nalishida faoliyat olib kelmoqda. Yusupxodjaeva Gulnoz 3-avlod vakili bo‘lib, hunarmandchilik sirlarini, xomashyo hamda tayyor maxsulotgacha bo‘lgan jarayonlarni uning buvisi va onasidan o‘rgangan. 1989-yili Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish” mutaxassisligini tamomlagan. Hozirgi vaqtgacha TTESI “Ipak texnologiyasi” kafedrasining dotsent lavozimida faoliyat yuritib keladi. 

2022-yil 7-aprel kuni TTESI huzuridagi Ilmiy kengashda 05.06.02-“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bo‘yicha “Aralash tolalardan yigirilgan ip ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, 2022-yil 31-mayda unga Falsafa Doktori ilmiy darajasi berildi. U Xalqaro va Respublika ko‘rik tanlovlarda va festivallarda ishtirok etib turli xil nominatsiyalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda diplom va esdalik sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlangan. Xozirda hunarmand o‘z hunar sirlarini yosh avlodlarga “Usto-shogird” an’anasi asosida o‘rgatib kelmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati