Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Jizzax shahri, Do‘stlik, Zomin, Zarbdor, Paxtakor, Mirzacho‘l, Sharof Rashidov, Forish, Zafarobod tumanlarida tashkil qilingan 18 ta o‘quv kursida133 nafar xotin-qiz o‘qitildi

Jizzax shahri, Do‘stlik, Zomin, Zarbdor, Paxtakor, Mirzacho‘l, Sharof Rashidov, Forish, Zafarobod tumanlarida tashkil qilingan 18 ta o‘quv kursida133 nafar xotin-qiz o‘qitildi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-77-son qarori ilovasi 25-bandi ijrosi yuzasidan Jizzax viloyatida 2022 yilda ustoz-shogird an’anasida ishsiz xotin-qizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish parametrlari bo‘yicha rejasi”ga muvofiq bugungi kunda viloyatning Jizzax shahri, Do‘stlik, Zomin, Zarbdor, Paxtakor, Mirzacho‘l, Sharof Rashidov, Forish, Zafarobod tumanlarida…

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-77-son qarori ilovasi 25-bandi ijrosi yuzasidan Jizzax viloyatida 2022 yilda ustoz-shogird an’anasida ishsiz xotin-qizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish parametrlari bo‘yicha rejasi”ga muvofiq bugungi kunda viloyatning Jizzax shahri, Do‘stlik, Zomin, Zarbdor, Paxtakor, Mirzacho‘l, Sharof Rashidov, Forish, Zafarobod tumanlarida tashkil qilingan 18 ta o‘quv kursida133 nafar xotin-qiz o‘qitildi va ularning 22 nafari hunarmand sifatida mustaqil faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Hozirgi kunda 407 nafar ayol hunarmandchilikning kashtachilik, oddiy metallardan milliy uslubda tayyorlangan taqinchoqlar, o‘yinchoqlar, esdalik buyumlari tayyorlash, qo‘lda gilam to‘qish va milliy liboslar tayyorlash hunarlari bo‘yicha o‘qitilmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati