Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmandchilikni rivojlantirish va yangi ishga tushirilayotgan ob’ektlar bilan tanishish

Hunarmandchilikni rivojlantirish va yangi ishga tushirilayotgan ob’ektlar bilan tanishish

Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida joriy yilning 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan Xorazm viloyatining Yangiariq tumani Kattabog’ qishlog’ida “Yangiariq kulolchilik markazi” tashkil etilmoqda.

Aytish lozimki, Kulolchilik markazi an’anaviy uslubda uch oy muddatda qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. Loyihaning smeta qiymati 513mln so’m, bu erda kulolchilik yo’nalishida 70 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratiladi. O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi bo’lim boshlig’i Chori Shodiev Yangiariq tumanida qad rostlayotgan “Yangiariq kulolchilik markazi” da olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi va quruvchilar va kulol ustalar bilan suhbatlashdi.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati