Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Markaziy Osiyodagi eng yirik hunarmandchilik ko‘rgazmasida ishtirok eting

Markaziy Osiyodagi eng yirik hunarmandchilik ko‘rgazmasida ishtirok eting

✨ 30-noyabr – 2 dekabr kunlari Toshkent shahrining UzExpoCenter 3-pavilionida «CRAFT FAIR UZBEKISTAN» xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. 🤝 Yarmarka “Hunarmand” uyushmasi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida o‘tkaziladi. 🎁 O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan – kashtachilik, – kulolchilik, – misgarlik, – yog‘och o‘ymakorligi – gilamchilik, – milliy…

✨ 30-noyabr – 2 dekabr kunlari Toshkent shahrining UzExpoCenter 3-pavilionida «CRAFT FAIR UZBEKISTAN» xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
🤝 Yarmarka “Hunarmand” uyushmasi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida o‘tkaziladi.
🎁 O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan
– kashtachilik,
– kulolchilik,
– misgarlik,
– yog‘och o‘ymakorligi
– gilamchilik,
– milliy matolar,
– miniatyura
maktablariga xos betakror mahsulotlarni hamda o‘z yaqinlaringizga yangi yil uchun mahalliy hunarmandlarimiz qo‘li bilan yasalgan  sovg‘alarini xarid qilishingiz mumkin.
❗Markaziy Osiyodagi yilning eng muhim hunarmandchilik tadbiri «Craft Fair Uzbekistan» xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasini o‘tkazib yubormang.

Biznes imkoniyatlarni kengaytirish imkoniyatidan foydalanib qoling!

🌍 Batafsil ma’lumot uchun: +99871 279-80-88

Author: Uyushma axborot xizmati