Bayram tabrigi

Navro‘z xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanadi. Yangilanish, yasharish ayyomi Navro‘z umumxalq bayrami sifatida yurtimizda keng nishonlanadi. Mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun sevimli bayramga aylangan Navro‘zning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan ahillik va hamjihatlik, mehru saxovat, keksalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ko‘makka muhtoj insonlarga beg‘araz yordam berish, shuningdek, Navro‘z bayramining nishonlash…

Navro‘z xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanadi. Yangilanish, yasharish ayyomi Navro‘z umumxalq bayrami sifatida yurtimizda keng nishonlanadi.

Mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun sevimli bayramga aylangan Navro‘zning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan ahillik va hamjihatlik, mehru saxovat, keksalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ko‘makka muhtoj insonlarga beg‘araz yordam berish, shuningdek, Navro‘z bayramining nishonlash bilan bog‘liq urf-odat, an’ana va qadriyatlar keng nishonlanadi. Bahor bayramida dasturxonlar noz-ne’matlarga to‘lib toshadi, deyarli har bir o‘zbek xonadonida doshqozonlarda sumalak qaynaydi.

Shunday ajoyib va qutlug‘ kunda, barcha yurtdoshlarimizni, usta hunarmandlarni Navro‘z bayrami bilan uyushmaning barcha xodimlari nomidan tabriklayman. Navro‘z bayraminingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!!!

O‘zbekiston Respublikasi
“Hunarmand” uyushmasi raisi
Ulug‘bek Abdullayev

[bvi]