"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Dohadagi Katara madaniyat shaharchasida o‘zbek hunarmandlarining savdo-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Dohadagi Katara madaniyat shaharchasida o‘zbek hunarmandlarining savdo-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

2022 yilning 24 sentyabr – 6 oktyabr kunlari Dohadagi Katara madaniyat shaharchasida o‘zbek hunarmandlarining savdo-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan mazkur tadbirda 15 nafar mohir hunarmandlarning ishtirokini ta’minlash, shu bilan birga, ko‘rgazma pavilonini milliy an’analar asosida bezash, festival maydoni uchun ajratilgan hududda mamlakat to‘g‘risida ma’lumot beruvchi “Tourism & Travel Information” burchagi tashkil etiladi. Ushbu hunarmandchilik…

2022 yilning 24 sentyabr – 6 oktyabr kunlari Dohadagi Katara madaniyat shaharchasida o‘zbek hunarmandlarining savdo-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan mazkur tadbirda 15 nafar mohir hunarmandlarning ishtirokini ta’minlash, shu bilan birga, ko‘rgazma pavilonini milliy an’analar asosida bezash, festival maydoni uchun ajratilgan hududda mamlakat to‘g‘risida ma’lumot beruvchi “Tourism & Travel Information” burchagi tashkil etiladi.

Ushbu hunarmandchilik ko‘rgazmasi Qatar Davlatida birinchi bor o‘tkazilmoqda.

Ko‘rgazma O‘zbekistonning turistik potensialini oshirish, yaqin sharqda, keng ommaga milliy hunarmandchilikni namoyish etish, o‘zbek madaniyati va urf-odatlarini to‘laqonli ochib berishga xizmat qiladi.

Ko‘rgazma savdoga tayyorgarlik jarayonlari avjida

Author: Uyushma axborot xizmati