Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmand ayollarning faoliyatini amalga oshirishdagi muammolari, fikr-mulohazalari va takliflarini eshitish kabi masalalar muhokama qilindi

Hunarmand ayollarning faoliyatini amalga oshirishdagi muammolari, fikr-mulohazalari va takliflarini eshitish kabi masalalar muhokama qilindi

Videoselektorda Uyushma raisi Ulug‘bek Abdullayev “Hunarmand” uyushmasi quyi tuzilmalarining o‘zaro samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilishi natijasida respublika bo‘yicha jami 9 568 ta mahallalarning 7 039 tasiga hunarmandchilik sohasi kirib borganligini gapirib, o‘tgan davr mobaynida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” hisobidan “Hunarmand” uyushmasi a’zolari va kam ta’minlangan hamda ishsiz, shuningdek nogironligi…

Videoselektorda Uyushma raisi Ulug‘bek Abdullayev “Hunarmand” uyushmasi quyi tuzilmalarining o‘zaro samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilishi natijasida respublika bo‘yicha jami 9 568 ta mahallalarning 7 039 tasiga hunarmandchilik sohasi kirib borganligini gapirib, o‘tgan davr mobaynida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” hisobidan “Hunarmand” uyushmasi a’zolari va kam ta’minlangan hamda ishsiz, shuningdek nogironligi bo‘lgan jami 16,5 ming nafar fuqarolarga 15,6 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.

Ularning 5,9mlrd so‘mi 6,3ming nafar xotin-qizlarga ajratilganligini qayd etdi. Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida 36 ming nafar hunarmandga 1,1trln.so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratildi. Mazkur kreditlarning 594 mlrd. so‘mi yoki 52%xotin-qizlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Hozirda Milliy katalogga nufuzli xalqaro ko‘rgazma, ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari, tegishli sohada san’at va fan arbobi hamda akademiklarning tavsiyasiga ega, «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoniga ega bo‘lgan 353 nafar hunarmand, shundan 120 nafari xotin-qizlar kiritilgan. Turizm reyestriga 1403nafar hunarmand (shundan 564nafari xotin-qizlar) kiritilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati