Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Buxoroda 21-25 may kunlari “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” o‘tkaziladi

Buxoroda 21-25 may kunlari “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” o‘tkaziladi

Ayni kunlarda nufuzli xalqaro tadbirga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Hokimlik mas’ullari, tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari tomonidan qurilish davom etayotgan maydonlar, xususan, “Ark” qo‘rg‘onida olib borilayotgan dekoratsiya va sozlash ishlarini sifatli bajarilishi nazoratga olingan. Madaniy-gumanitar aloqalarni kuchaytirish, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kasbiy an’analar va hunarmandchilik maktablarini saqlash va qayta tiklash, mintaqaning turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladigan…

Ayni kunlarda nufuzli xalqaro tadbirga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Hokimlik mas’ullari, tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari tomonidan qurilish davom etayotgan maydonlar, xususan, “Ark” qo‘rg‘onida olib borilayotgan dekoratsiya va sozlash ishlarini sifatli bajarilishi nazoratga olingan.

Madaniy-gumanitar aloqalarni kuchaytirish, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kasbiy an’analar va hunarmandchilik maktablarini saqlash va qayta tiklash, mintaqaning turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladigan tadbir doirasida 21-25 may kunlari Buxoro shahrida kashtado‘zlik san’ati xalqaro festivali o‘tkaziladi.

Mazkur festival joriy yildan boshlab har ikki yilda, bahor faslining may oyida tashkil etiladi. Festival doirasida Buxoro shahridagi “Labi hovuz” ansambli maydonidan “Ark” qo‘rg‘oni hududigacha bo‘lgan yon-atrofda zardo‘zlik va zargarlik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, qadimiy zardo‘zlik hamda zargarlik dastgohlari, mahsulotlarni yaratish jarayonlari, hunarmandchilikka oid badiiy, hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyish qilinadi.

Ayni kunlarda nufuzli xalqaro tadbirga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Hokimlik mas’ullari, tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari tomonidan qurilish davom etayotgan maydonlar, xususan, “Ark” qo‘rg‘onida olib borilayotgan dekoratsiya va sozlash ishlarini sifatli bajarilishi nazoratga olingan. Maqsad festivalni yuqori saviyada o‘tkazish, tashrif buyurgan har bir mehmon ko‘hna kentning nafaqat o‘tmishi, balki, bugungi go‘zalligini ham his qilishini ta’minlashdir.

“Viloyat markazidagi Bahouddin Naqshband, Ibrohim Mo‘minov, Islom Karimov, Ibn Sino, Alisher Navoiy, G‘ijduvon hamda Gazli shoh ko‘chalari, Xalqlar do‘stligi, Qayum Murtazoyev, Muhammad Iqbol, Alpomish kabi jami 20 dan ortiq ko‘chaning har biriga shahar hamda viloyat hokimligi tizimidagi boshqarma, korxona va tashkilotlardan mas’ullar biriktirilgan, – deydi Buxoro shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ahtam Ahmedov.

Xorijiy davlatlardan zardo‘zlik va zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mahoratli hunarmandlar, amaliy san’at ustalari, o‘z brendiga ega bo‘lgan tashkilotlar, shuningdek, soha olimlari, faxriy mehmonlar qatnashadigan nufuzli tadbirni puxta tayyorgarlik bilan namunali o‘tkazish qadim Buxoroning sayyohlik salohiyatini namoyish etishda muhim ahamiyatga kasb etadi.

“Tozalash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bir so‘z bilan aytganda, bayramga mos ko‘rinishga keltirish ishlari avjida. Aniqroq aytganda, ayni paytda qurilish borayotgan ko‘chalarda obyektlar oldini bannerlar bilan o‘rab olish, yo‘l yoqasida faoliyat yuritayotgan savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish binolari, ko‘p qavatli uy-joylar fasad qismini tartibga keltirish, kunlik axlat va chiqindilarni bartaraf etish, piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, ko‘chalarda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, daraxtlarga shakl berib oqlash, gulzorlarni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda. O‘tqazilayotgan turli anvoyi gullar ko‘chalarga o‘zgacha chiroy bag‘ishlamoqda”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, sayyohlarga va mahalliy aholiga qulaylik yaratish maqsadida Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan Labi Hovuz majmuasi, Toqi Telpakfurushon hamda Poyi Kalon majmualarida tijorat banklari bilan hamkorlikda 24/7 rejimida ishlaydigan bankomatlar o‘rnatildi.

https://uzreport.news/society/buxoroda-21-25-may-kunlari-xalqaro-zardo-zlik-va-zargarlik-festivali-o-tkaziladi

Author: Uyushma axborot xizmati