Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Imkoniyati cheklangan, nogironligi bo’lgan bolalar uchun tajribali hunarmandlarni jalb qilgan holda “Ijodiy ustaxona” tashkil etilgan

Imkoniyati cheklangan, nogironligi bo’lgan bolalar uchun tajribali hunarmandlarni jalb qilgan holda “Ijodiy ustaxona” tashkil etilgan

Respublika “Hunarmand” uyushmasi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hamkorligida Birlashgan Millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi asosidagi grant loyihasi doirasida imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tajribali hunarmandlarni jalb qilgan holda “Ijodiy ustaxona” tashkil etilgan.  Respublika “Hunarmand” uyushmasi “Ijodiy ustaxona” faoliyati yanada takomillashtirishga qaratilgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan grantga…

Respublika “Hunarmand” uyushmasi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hamkorligida Birlashgan Millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi asosidagi grant loyihasi doirasida imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tajribali hunarmandlarni jalb qilgan holda “Ijodiy ustaxona” tashkil etilgan. 

Respublika “Hunarmand” uyushmasi “Ijodiy ustaxona” faoliyati yanada takomillashtirishga qaratilgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan grantga ega bo‘ldi va to‘garaklar faoliyati kengaytirilib, bolalar imkoniyati darajasidagi yangi hunar turlari joriy etildi, hunar o‘rganadigan bolalar qamrovi kengaytirildi. 

Ustaxonada tajribali va mehribon usta-hunarmandlar boshchiligidagi kulolchilik, rassomlik, kashtachilik, milliy taqinchoqlar yasash va to‘quvchilik hunarlarini o‘rgatishga mo‘ljallangan to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Loyiha davom etmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati