Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Uyushma rahbari Turkiston viloyati “Hunarmand” tashkiloti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida muzokaralar olib bordi

Uyushma rahbari Turkiston viloyati “Hunarmand” tashkiloti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida muzokaralar olib bordi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida xizmat safarida. Xizmat safari davomida  Uyushma rahbari Turkiston viloyati “Hunarmand” tashkiloti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida muzokaralar olib bordi. Bunda o‘zaro hamkorlik aloqalari asosida hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, Turkiston viloyatining turistik  salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarida o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdo do‘konlari va…

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida xizmat safarida.

Xizmat safari davomida  Uyushma rahbari Turkiston viloyati “Hunarmand” tashkiloti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida muzokaralar olib bordi. Bunda o‘zaro hamkorlik aloqalari asosida hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, Turkiston viloyatining turistik  salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarida o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdo do‘konlari va shourumlarini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi va kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, kelgusida O‘zbekiston va Turkiston viloyatida o‘zaro  hamkorlikda hunarmandchilik mavzusida xalqaro  forumlar o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Ushbu muzokaralar natijasida joriy yilning sentyabr oyida hamkorlikda xalqaro forum o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Shu bilan birgalikda,  “Hunarmand” uyushmasi va Turkiston viloyatidagi Hunarmandchilik jamaotchilik tashkiloti bilan memorandum imzolandi. Xizmat safari davomida  Uyushma rahbari Ahmad Yassaviy kompleksi yonida joylashgan Karvon saroy hududida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar bilan suhbatlashdi.

Author: Uyushma axborot xizmati