Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmandchilik rivojiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli aholi, ayniqsa, yoshlar, ayollar va kam taʼminlangan oilalar bandligini taʼminlashda mazkur soha ham muhim oʼrin tutmoqda

Hunarmandchilik rivojiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli aholi, ayniqsa, yoshlar, ayollar va kam taʼminlangan oilalar bandligini taʼminlashda mazkur soha ham muhim oʼrin tutmoqda

Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoniqabul qilingunga qadar “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolar soni
9823 nafarni tashkil etgan boʼlsa, hozirgi kunga kelib ularning soni qariyb 3.4 barobarga oshirildi va 34 260 nafarga yetkazildi. Shundan, hunarmandchilik bilan band boʼlgan hotin-qizlar soni 14 177 nafarni tashkil etadi.Hududlar kesimida olsak, Аndijonda 2205nafar, Fargʼonada 1 619 nafar va Toshkent shahrida 1 224 nafar xotin-qizlarhunarmandchilik bilan band. 30 yoshgacha boʼlgan aʼzo hunarmandlar (yoshlar) 12 107 nafar (35%)ni tashkil etib, hududlar kesimida olsak, Аndijonda2128nafar, Fargʼonada 1 732 nafar va Namangan viloyatida 1 398 nafar yoshlar hozirda hunarmandchilik bilan band. Shuningdek, 2020 yilning 27 iyulga qadar 18175 nafar yangi usta-hunarmandlar aʼzolikka jalb etildi.
Hunarmandlarning shogirdlariga guvohnoma berish va uni tartibga solish ishlari 2018 yil sentyabr oyida yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, unga qadar usta-hunarmandlargabiriktirilgan shogirdlar soni5 600 nafarga yetkazilgan edi. Shogirdlariga guvohnoma berish tartibi yoʼlga qoʼyilgach, bugungi kunga kelib jami 73253nafar (13, baravar oshgan) shogirdlar hunarmandchilikka jalb etildi.2020 yil 27 iyul holatiga shogirdlar soni 17512 nafarga yetkazildi.Shogirdlarga mustaqil hunarmandchilik faoliyatini yoʼlga qoʼyishi uchun“Hunarmand” uyushmasi boʼlinmalari va SSPning tadbirkorlikka koʼmaklashish markazlari tomonidan biznes rejalar tayyorlash, kredit mablagʼlariga ega boʼlish masalalarida xizmat koʼrsatilmoqda.
Hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga respublika boʼyicha bugunga qadar jami 124 585 nafar ish oʼrinlar yaratilgan boʼlib, 2020 yil hisobiga jami 45 005 ta yangi ish oʼrni yaratish belgilangan. 2020 yilning 27 iyul holatiga aʼzo hunarmandlar hisobiga 18175 ta, shogirdlar hisobiga 17512 ta, jami 35687 ta yangi ish oʼrni yaratildi yoki yillik reja 79% ga bajarildi.
2020 yilda hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida 516.3 mlrd. soʼmlik 14 675 ta loyihalarning yigʼma dasturi shakllantirildi. Joriy yilning 21 iyul holatiga 349.1 mlrd. soʼmlik jami 11 185 ta loyihaga kreditlar ajratildi. Bunda jami 3 714 nafar ayollarga 193.8 mlrd. soʼmlik kreditlar ajratilgan. Xuddi shunday jami 3 050 nafar yoshlarga esa 88.1 mlrd. soʼmlik kreditlar ajratilgan.

 

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati