Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Mahallamizning faxriy hunarmand ayoli” loyihasi doirasida usta hunarmand Nafisaxon Kenjayeva boshchiligida mahorat darsi tashkil etildi

“Mahallamizning faxriy hunarmand ayoli” loyihasi doirasida usta hunarmand Nafisaxon Kenjayeva boshchiligida mahorat darsi tashkil etildi

Joriy yilning 16 sentyabr kuni “Hunarmand” uyushmasi Beshariq tuman  bo‘limi, tuman “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash markazi” bilan hamkorlikda “Pastki Yakkatut” MFY hududida joylashgan “Hunarmandlar markazi”da “Mahallamizning faxriy hunarmand ayoli” loyihasi doirasida usta hunarmand Nafisaxon Kenjayeva   boshchiligida mahorat darsi tashkil etdi.  Mahorat darsida “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan 20 nafar xotin-qizlar qatnashdilar.  Mahorat darsi davomida usta…

Joriy yilning 16 sentyabr kuni “Hunarmand” uyushmasi Beshariq tuman  bo‘limi, tuman “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash markazi” bilan hamkorlikda “Pastki Yakkatut” MFY hududida joylashgan “Hunarmandlar markazi”da “Mahallamizning faxriy hunarmand ayoli” loyihasi doirasida usta hunarmand Nafisaxon Kenjayeva   boshchiligida mahorat darsi tashkil etdi. 

Mahorat darsida “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan 20 nafar xotin-qizlar qatnashdilar. 

Mahorat darsi davomida usta hunarmand  mehnat faoliyati, yutuqlari, qiyinchiliklari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tadbir so‘ngida qatnashchilarning 17 nafari shu sohani mukammal egallab, kelgusida  uyushmaga a’zo bo‘lishlari haqidagi niyatlarini  bildirdi.

Author: Uyushma axborot xizmati