"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi mamlakatimizning barcha hududlarida ayollarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan hunar turlariga jalb etish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etib kelmoqda

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi mamlakatimizning barcha hududlarida ayollarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan hunar turlariga jalb etish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etib kelmoqda

2021 yilda “Hunarmand” uyushmasi hisobidan 50 ta qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi. 2021 yil 1-chorak yakuniga qadar 14 ta o‘quv kursi tashkil etildi va ularda 150 nafar xotin-qizlar usta-shogird an’anasi asosida hunar o‘rganib, ularning bandligi ta’minlandi. Jumladan, joriy yilda Toshkent shahrida “Hunarmand” uyushmasi hisobidan 4ta   qisqa muddatli hunar o‘rganishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil…

2021 yilda “Hunarmand” uyushmasi hisobidan 50 ta qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi. 2021 yil 1-chorak yakuniga qadar 14 ta o‘quv kursi tashkil etildi va ularda 150 nafar xotin-qizlar usta-shogird an’anasi asosida hunar o‘rganib, ularning bandligi ta’minlandi.

Jumladan, joriy yilda Toshkent shahrida “Hunarmand” uyushmasi hisobidan 4ta   qisqa muddatli hunar o‘rganishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Bugun 2021 yilning 22 aprel kuni soat 11.00 Toshkent shahar Olmazor tumani “Paxta” mahallasida “Hunarmand” uyushmasi  Toshkent shahar boshqarmasi  tomonidan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan, hunarmandchilikka qiziqishi bor xotin-qizlarni hunarli qilib, bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan o‘quv kursini tugutgan  xotin-qizlarni taqdirlash marosimi boshlandi.

Tadbirda “Hunarmand” uyushmasi vakillari, mahalla faollari va o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan xotin-qizlar, hunarmandlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

“Paxta” mahallasida istiqomat qilib hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelatgan,  “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, usta hunarmand Shoira Aripova rahbarligida hunarmandchilikning gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar yo‘nalishida ikki oylik o‘quv kursi tashkil etilgan edi.

Ushbu o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatib, hunar o‘rgangan 20 nafar xotin-qizlarga tadbir so‘ngida  uyushmaning maxsus sertifikatlari topshiriladi.